18.3. Populyasiyalardagi mutatsion jarayonlar Har bir populyasiyada doimiy ravishda mutatsion jarayon bo‘lib |turadi.
Buning ta'sirida esa populyasiyanpsh genofondiga yangi irsiy o‘zgarishlar
qo‘shiladi. Har bir genda yuz berishp mumkin bo‘lgan mutatsiya intensivligi juda
past bo‘lsa ham. populyasiya genotipida bu ko‘rsatkich ancha katta bo‘ladi. Har bir
allel genlar juftligi uchun mutatsiya to‘g‘ri va teskari holatda yuz berishi mumkin.
Shuni ham ta'kidlash lozimki, har xil genlar turli darajada mutatsiyaga
uchrashi mumkin; ba'zilarining mutatsiya chastotasi katta, ba'zilarining esa bunday
o‘zgaruvchanlikka uchrashi juda kam darajada bo‘ladi. Shuning uchun
populyasiyadagi genetik tarkibi bir tomonga qarab (kuchli o‘zgaruvchan genlar
tomonga) o‘zgarishi mumkin. Bu jarayon ma'lum bir xillikka erishilguncha davom
etadi. Populyasiyalarda zararli va letal mutatsiyalar ham uchraydi. Bunday holatni
1934 yilda drozofila pashshasida N.P.Dubinin kuzatgan va buni
genetik yuk deb
atadi. Ya'ni bunday retsessiv mutatsiyalar gomozigota holatga o‘tganda
hayotchanligi past organizmlar yuzaga keladi. Odam populyasiyasida bunday
mutatsiyalar ta'sirida irsiy kasalliklar paydo bo‘lishi mumkin. Odatda mutatsiya
natijasida populyasiya namunalarining hayotchanligi va ko‘payish koeffitsienti
pasayadi va o‘limi kuchayadi. Kichik mutatsiyalar ham asta-sekin to‘planib zararli
ta'sir ko‘rsatadi. Mutagen omillar organizmning morfo-fiziologik rivojlanishining
buzi- lishiga olib keladi. Lekin, shu bilan birga bu jarayon evolyusion jarayonning
harakatlantiruvchi omili bo‘lib hisoblanadi.
Populyasiyada yashirin holdagi o‘zgaruvchanlikning katta zahiralari mavjul.
Bu fikrni birinchi bo‘lib, 1927 yilda S.S Chetverikov aytgan. U drozofilaning
tabiiy populyasiyasida genotipik geterozigotalikni o‘rganish asosida shunday
xulosaga kelgan. Inbriding usulida bu populyasiyaning 239 ta urg‘ochi drozofilani
tekshirib. ularda 32 ta retsessiv mutatsiyalar yashirin geterozigota holatda
mavjudligini aniqladi. M.Rods gomonidan esa makkajo‘xorining bir qancha
navlarini o‘rganish natijasida geterozigota holatidagi retsessiv mutatsiyalar topildi.
Ularning ko‘pchiligi zararli bo‘lib (o‘simtalar sariqligi, endosperm deffektligi,
urug‘larning murtaklari bo‘lmasligi), ba'zilari letal ta'sir ko‘rsatishi mumkin
bo‘lgan, lekin retsessiv holda bo‘lgani uchun ham fenotipda namoyon
bo‘lmasligini aniqladi.
Har bir populyasiyada ham retsessiv mutatsiyalar mavjud bo‘lib, ular faqat
gomozigota holatidagina fenotipda namoyon bo‘ladi. Tur yoshi qancha katta
bo‘lsa, unda shuncha mutatsiya ko‘p to‘planadi. . Ya'ni genotipik o‘zgaruvchanlik
turning yoshiga to‘g‘ri proporsional ravishda oshadi.
Populyasiyada geterozigota holatidagi mutatsiyalarning katta zaxirasining
bo‘lishi uning genetik tarkibining o‘zgarishi asosida moslanuvchanligini oshiradi.
Shunday qilib, geterozigotalik populyasiyaning plastikligini ta'minlovchi muhim
biologik ahamiyatga ega. Bundan tashqari, geterozigotalikning boshqa afzalligi
ham bor. Ya'ni, geterozigotalikning geterozis samarasi yuzaga kelib ularning
hayotchanligi va mahsuldorligi oshadi.
Populyasiyalardagi genetik gomeostaz mexanizmlaridan biri ularning
polimorf tuzilishidir. Polimorfizm bitta populyasiya arealida bir vaqtning o‘zida
ikki yoki undan ortiq genotipik va fenotipik farqlanadigan formalarning bo‘lishidir.
Polimorfizmning eng yaxshi o‘rganilgan turi grechixa o‘simligidagi geterostiliya
hodisasidir. Populyasiya geterostiliya o‘simliklarining bo‘lishi chetdan
changlanishning sabablaridan biri bo‘lib uning hayotchanligini oshiradi.
Polimorfizm hodisasi grechixadan tashqari primula, kunjut kabi o‘simliklarda ham
yaxshi o‘rganilgan Populyasion polimorfizm tabiiy tanlanish orqali boshqarib
turiladi.