lekin bir-biridan irsiy jihatdan farqlanuvchi o‘simliklar guruhidir.
Boshqacha aytganda, populyasiya turning bir elementi bo‘lib
shu muayyan
sharoitda turning yashash shaklini bildiradi. Populyasiyalarda yuz beradigan
mikroevolyusion o‘zgarishlar tur hosil bo‘lishi bilan tugallanishi mumkin. Buni
o‘rganish esa seleksiya va evolyusiya ta'limotida katta ahamiyatga ega.
Tur genetik yopiq sistema bo‘lsa, populyasiya esa ochiq genetik tizimdir.
Shuning uchun ochiq tizimda yuz bergan tur hosil bo‘lish jarayoni yopiq tizim
bilan tugallanadi.
1903 yilda V.Iogannsen loviya o‘simligining sof liniyalari va populyasiyasida
belgilarning nasldan-naslga o‘tishiga doir diqqatga sazovor bo‘lgan tajribalar
o‘tkazdi. U bir navga (Prinsessa naviga) xos bo‘lgan o‘simliklar
tashqi
ko‘rinishidan bir xil bo‘lsa ham, irsiy jihatdan har xil, ya'ni populyasiyalardan
iborat ekanligini aniqladi. Olim populyasiyalar irsiy jihatdan bir-biriga yaqin
qarindosh gruppalardan — liniyalardan tashkil topishini tajribada isbotladi. Shu
bilan birga, V. Iogannsen populyasiyada o‘tkazilgan tanlashlar samarali ekanligini,
liniyalarda esa aksincha foydasiz bo‘lishini ko‘rsatpb berdi.
Hozir shu
qonuniyatdan keng foydalanilmoqda. Demak, populyasiya deb, muayyan arealda
(terriyuriyada) tarqalgan, bir turga mansub bo‘lgan va o‘zaro
erkin ravishda
chatishadigan, lekin bir-biridan irsiy jihatdan farq qiladigan o‘simliklar yiginlisiga
aytiladi.
Populyasiyalar genetikasi fani asosini S.S.Chetverikov ishlari tashkil etadi. U
1926 yildagi “Zamonaviy genetika nuqtai nazardan evolyusion jarayonining ba'zi
xususiyatlari” asarida butun olimlarning etiborini tabiiy populyasiyalarda
kechadigan gepetik jarayonlarga jalb etadi va aynan shu jarayonlar turlarning
paydo bo‘lishida muhimligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, S .S.Chetverikov
populyasiyalarning genetik tarkibi asoslarini yaratdi
va populyasiyalarda genetik
analiz usullarini ishlab chiqdi. Shundan keynn N.P.Dubinin, S.Raytlar tomonidan
rivojlantirildi va natijada populyasion genetikaga asos solindi. U o‘simliklar,
hayvonlar va mikroorganizmlarning tabiiy va eksperimental populyasiyalardagi
genetik o‘zgarishlar dinamikasi qonuniyatlarini o‘rganadi.