poliploidiya, mitotik poliploidiya, alloploidiya, amfidiploidiya, monosomik,
trisomik, Dauna sindrom, geterozis, gaploidiya, egizaklik usuli.
16.1
.
Poliploidiya tiplari va ularning klassifikatsiyasi
Yangi nav va zotlarni chiqarishda duragaylash usuli keng qo’llaniladi.
Duragaylash metodi tanlangan ota-ona organizmlarning inson uchun foydali belgi-
xossalarini duragay formalarda biriktirishga asoslanadi. Bunda ayrim foydali belgi-
xossalarga ega ota-ona individlar chatishtirilib duragay
organizmlar orasidan
maqsadga muvofiq individlar tanlanib olinadi. Duragaylash jarayonida ota-ona
organizmlarni belgi-xossalari duragay avlodlarida turli kombinatsiyalarda beriladi.
Qo’yilgan maqsadga qarab duragaylash ikki tipda olib boriladi. Bular
inbriding
va
autbriding
duragaylashdir. Bir yaqin
qon-qardosh organizmlar va
ularning nasllari orasidagi duragaylash inbriding duragaylash deyiladi. Inbriding
duragaylashdan odatda gomozigot formalarni hosil qilishda foydalaniladi.
Inbriding duragaylash gomozigota formalarni hosil etsada,
hosildorlikni,
hayotchanlikni pasayishiga olib keladi. Lekin shunga qaramay seleksiya ishida u
inbriding duragaylashdan ayrim holatlarda foydalaniladi,
chunki u mutant
genlarning geterozigota holatdan gomozigota holatga o’tkazishni yagona usuli
sanaladi.
Autbriding
qon-qardosh bo’lmagan individlarni duragaylash usulidir.
Autbriding organizmlar irsiyatini boyitishga, ota-onadagi
ijobiy belgi-xossalarni
duragay organizmda jamlashga yo’naltirilgan. Chunonchi, g’o’zaning mayda
ko’sakli, tezpishar navi bilan yirik ko’sakli kech
pishar navi chatishtirilsa, F
2
duragaylar orasida mayda ko’sakli tezpishar, yirik ko’sakli o’rta pishar, mayda
ko’sakli kech pishar, yirik ko’sakli tez pishar, yirik ko’sakli kechpishar va hokazo
o’simliklar hosil bo’lishi mumkin.
Tadqiqotchi tezpishar, yirik ko’sakli, hosildor
formalarni ajratib, ular orasida takroriy tanlashni olib borish hisobiga yangi g’o’za
navini chiqarishi mumkin.