• 15.4. Modifikatsion o’zgaruvchanlik
  •  Irsiy o’zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet92/106
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #255327
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   106
    Bog'liq
    BIOLOGIYA

    15.3. Irsiy o’zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni 
    Irsiy o’zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni mashhur rus olimi 
    N.I.Vavilov (1924) tomonidan g’allaguldoshlar oilasida kashf qilingan. Bu 
    qonunga ko’ra agar g’allaguldoshlar oilasiga kiruvchi bir avlodda biror bir irsiy 
    o’zgaruvchanlik kuzatilsa, shunday irsiy o’zgaruvchanlik uning boshqa avlodlarida 
    ham uchrashi mumkin. G’allaguldoshlarning bug’doy, arpa, suli, tariq, 
    makkajo’xori, sholi avlodlarida ayrim belgilari masalan, don rangining oq, qizil, 
    qora, gunafsha, don shaklining yumaloq, cho’zinchoq, hayot kechirish tarziga 
    ko’ra kuzgi, bahorgi, yarim kuzgi, ertangi, kechki formalarida takrorlanishini 
    ko’rish mumkin. Xuddi shuningdek Gossipium (g’o’za) avlodiga kiruvchi g’o’za 
    turlarda tolaning oq, malla, chigitning tolasiz, tolali, yoki gultoji barglarning 
    qaymoq, sariq rangdagilari kuzatiladi. Irsiy o’zgaruvchanlikning gomologik 
    qatorlar qonuni hayvonlarda ham o’z tasdig’ini topadi. Xususan, tananing oq 
    rangda bo’lishi umurtqali hayvonlarning barcha sinflari-baliqlar, suvda va quruqda 
    yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilarga mansub avlod, 
    turlarda kuzatiladi. Irsiy o’zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuniga 
    asoslanib selekSionerlar madaniy o’simliklarning boy kolleksiyasini to’plashga va 
    undan yangi navlarni chiqarishda foydalanmoqdalar. 
    15.4. Modifikatsion o’zgaruvchanlik 
    Organizmlardagi o’zgaruvchanlik faqat irsiy omillarga bog’liq bo’lmaydi. 
    Ko’pgina hollarda organizm yashash muhiti omillari ta'sirida ham o’zgaruvchanlik 
    sodir bo’ladi. 
    Tashqi muhit omillari ta'sirida vujudga keladigan fenotipik tafovutlar 
    modifikatsion o’zgaruvchanlik
    deb ataladi. Modifikatsion o’zgaruvchanlik 
    populyatsiyadagi ko’pchilik organizmlarga xos. Muhitning bunday ta'sir oqibati 
    kelgusi avlodlarga berilmasligi bilan tavsiflanadi. Modifikatsion o’zgaruvchanlik 


    bo’yicha to’plangan ma'lumotlar nuklein kislotalardagi irsiy axborot qanday qilib 
    fenotipda namoyon bo’lishini tushunishga yordam beradi. Shuni ta'kidlash lozimki 
    har qanday tirik mavjudotning morfologik, fiziologik, biokimyoviy belgi- 
    xossalarini majmuasi ya’ni fenotipi faqat ota-onadan olingan genlargina emas, 
    balki ma'lum darajada shu organizm rivojlanayotgan muhitning xilma-xil omillari 
    ta'sirida ro’yobga chiqadi. 
    Modifikatsion o’zgaruvchanlikga misol qilib gornostay quyon zotidagi yung 
    rangi o’zgarishi bo’yicha qilingan tajriba natijasini keltirish mumkin. Quyonning 
    bu zotida yung oq bo’lib, faqat oyoq uchlari, quloq suprasi, tumshuq uchi, dumi 
    qora rangda. Agar quyonning orqa tomonida uncha katta bo’lmagan qismidagi 
    yunglar ustara bilan olinib, shu quyon harorat pastroq xonada boqilsa yungi 
    qirqilgan joydagi yunglar qora rangda bo’lib o’sib chiqadi. 
    Xuddi shunday hodisani xitoy navro’zguli (Primula sinensis) da ham kuzatish 
    mumkin. Bu o’simlikning qizil gulli formasi odatdagi 15
    0
    -25
    0
    sharoitda 
    rivojlanadi. Aksincha o’simlik 30
    0
    -35
    0
    haroratli muhitda o’stirilsa uning gullari oq 
    rangda bo’ladi. Oq gulli navro’zgul urug’lari normal sharoitga ekilsa, urug’lardan 
    rivojlangan o’simliklarning guli qizil rangda bo’ladi. Binobarin navro’zgulning gul 
    rangi tashqi muhitdagi haroratga qarab o’zgaradi. 4000 m balandlikka ko’tarilgan 
    alpinistlarning qonida eritrotsitlar soni ikki martaga oshadi, vodiyga qaytganda esa 
    ularda eritrotsitlar soni normal holatga keladi. Ba'zan kimyoviy, fizikaviy 
    mutatsiyalar ta'sirida organizmning fenotipi keskin o’zgaradi va nuqsonli organizm 
    rivojlanadi. Shu singari modifikatsiyalar morfozlar deb ataladi. 
    Organizm belgilarining tashqi muhit omillari ta'sirida genotipga bog’liq holda 
    o’zgarish darajasi reaksiya normasi deyiladi. 
    Ba'zi belgilar tashqi muhit ta'siriga ko’proq beriluvchan, boshqalari esa 
    unchalik tashqi ta'sirotga berilmaydigan, nisbatan turg’un bo’ladi. Shunga ko’ra 
    birinchi belgilarning reaksiya normasi keng, ikkinchisiniki tor bo’ladi. Masalan, 
    g’o’za o’simligida mineral ozuqa va namlikning ta'siri natijasida tupdagi ko’saklar 
    soni keskin ortishi yoki kamayishi mumkin. Lekin ko’sakning hajmi esa unga 
    nisbatan kamroq o’zgaradi, gultojibargning yoki tolaning rangi o’ta turg’un 


    sanaladi. Shoxli qoramollarda ozuqaning ta'siri sut miqdoriga ko’proq, sutdagi 
    yog’ miqdoriga kamroq ta'sir ko’rsatadi. Yung rangi esa tashqi muhit ta'siriga 
    berilmaydigan, turg’un belgi hisoblanadi. Binobarin, g’o’zaning hosildorligi, 
    sigirlarda sut miqdorining reaksiya normasi keng, g’o’zada ko’sakning hajmi, 
    sigirlar sutidagi yog’ miqdori belgilarining reaksiya normasi o’rtacha, g’o’zadagi 
    tola rangining, shoxli qoramollarda yung rangi belgilarining reaksiya normasi 
    nihohatda tor hisoblanadi. 
    Modifikatsion o’zgaruvchanlik tabiatda keng tarqalganligi sababli u 
    poligenlar ta'sirida irsiylanadimi yoki tashqi muhit ta'sirida hosil bo’ladimi degan 
    masala munozaraga sababchi bo’ldi. Bu munozara XX asrning boshida 
    V.Iogannsen tajribalari natijasida yakun topdi. U arpa, no’xat, loviya 
    o’simliklarida kuzatish olib bordi. Olam tashqi muhit ta'sirida paydo bo’lgan 
    modifikatsion o’zgaruvchanlik avloddan-avlodga berilmasligini isbo’llab berdi. 
    Vaholanki genlar ta'sirida paydo bo’ladigan o’zgarishlar avloddan-avlodga 
    beriladi. Modifikatsion o’zgaruvchanlik irsiylanmasa ham organizmning o’zgargan 
    tashqi muhit sharoitida moslanishida, evolyutsion jarayonda har bir organizm 
    turining saqlanib qolishida muhim ahamiyat kasb etadi. Modifikatsion 
    o’zgaruvchanlik qonuniyatlari matematik - statistik usulda o’rganiladi. 

    Download 1,32 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   106




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Irsiy o’zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni

    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish