• A.Gustafsson
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet95/106
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #255327
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106
    Bog'liq
    BIOLOGIYA

    G.Devenport, A.Brus, D.Djenik
    qayd etishicha geterozis 


    urug’chidagi zararli retsessiv genlar ustidan changchi o’simliklarning foydali 
    genlar dominantlik qilishi, aksincha, changchi o’simliklardagi zararli genlar 
    ustidan urug’chi o’simlikning foydali genlari dominantlik qilishi natijasidir. 
    Masalan, agar urug’chi genotipi AabbccDDeeff, changchi esa aaBBccddEEFF 
    genlardan iborat bo’lsa, ularning gametalari AbcDef va aBcdEF, birinchi avlod 
    duragay genotipi AaBbccDdEeFf ko’rinishda bo’ladi. Boshqacha aytganda 
    urug’chi va changchi o’simliklarda to’rttadan, uchtadan zararli retsessiv genlar 
    bo’lsa, ularni duragaylashdan hosil bo’lgan F^ o’simliklarda esa bitta zararli 
    retsessiv gen gomozigota holatida uchraydi. 
    Geterozis duragaylarning barcha belgilariga ta’luqli bo’lmay, ayrim belgi- 
    xossalarga tegishli bo’ladi. 
    A.Gustafsson
    o’simliklardagi geterozisni quyidagi 
    xillarga ajratadi: 
    a) reproduktiv geterozisda F
    1
    duragaylarning urchish organlari yaxshi 
    rivojlanib, u urug’ va mevalarning hajm va miqdor jihatdan ko’p bo’lishiga olib 
    keladi. 
    b) 
    somatic 
    geterozis o’simlikning vegetativ organlarining kuchli 
    rivojlanishiga sababchi bo’ladi. 
    c) adaptiv geterozis esa duragaylarning hayotchanligini oshiradi. 
    Tabiiy ravishda duragaylarda geterozis ularni hosil qilish uchun tanlangan 
    ota-ona organizmlarga hamda sharoitning qulay bo’lishiga bog’liq. 
    Geterozis faqat F
    1
    da bo’lib, uni kelgusi avlodlarga berish hali o’z yechimini 
    topgani yo’q. Geterozis faqat o’simliklarni vegetativ, ya’ni qalamcha, tugunak va 
    piyoz ko’paytirilgandagini avloddan-avlodga berilishi mumkin. Geterozis faqat 
    o’simliklarda emas, hayvonlarni ham chatishtirganda namoyon bo’ladi. Masalan, 
    leggorn zotli tovuqlarning inbred liniyalarni chatishtirishdan olingan F
    1
    duragay 
    tovuqlarda chatishtirishga qatnashgan tovuqqa nisbatan tana og’irligi 130 gr, tut 
    ipak qurti kapalaklarini har-xillarini chatishishidan olingan kapalak pillalarining 
    ipak berishi 10-15% ortganligi aniqlangan. Geterozisni sababini biokimyoviy yo’l 
    bilan tadqiq qilish yo’li o’rganilganda duragay organizmlarda ba'zi fermentlar 
    faolligi oshganligi ma'lum bo’ldi. 



    Download 1,32 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna

    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish