retsiprok duragaylashda AxB va BxA bo’ladi. Bunday duragaylash qaysi o’simlik
urug’chi yoki changchi sifatida olinsa yaxshi natija berishi mumkinligini ya’ni
qanday duragaylash kombinatsiyasi seleksiya amaliyoti uchun natijali bo’lishini
aniqlashga qaratilgan.
Takroriy duragaylash
duragay formalarda urug’chi yoki changchi o’simlik
belgi-xossalarini kuchaytirish uchun o’tkaziladi. U (AxB)xA yoki (AxB)xB
ko’rinishda bo’ladi. Bunday duragaylash duragay organizmlarda urug’chi yoki
changchi o’simliklarning belgi-xossalarini kuchaytirish zarur bo’lgan
taqdirda
qo’llaniladi.
Pog’onali duragaylash
usulida urug’chi va changchi o’simlikni
duragaylashdan olingan F
1
boshqa nav yoki tur bilan chatishtiriladi.
Chunonchi,
[(AxB)xC]xD. Bu usul duragaylar bir qancha nav yoki turlarni belgi xossalarini
duragaylarda mujassamlashtirish maqsadida qo’llaniladi.
Kombinatsiyalararo duragaylash
usulini quyidagicha ifodalash mumkin:
(AxB)x(CxD). Ko’rinib turibdiki bunda ikki xil urug’chi
va changchi
o’simliklardan hosil qilingan duragaylar o’zaro chatishtiriladi. Shunga ko’ra ularni
kombinatsiyalararo duragaylash deb ataladi. Kombinatsiyalararo duragaylash
makkajo’xori formalarini chatishtirishda keng qo’llaniladi. Seleksiyada
duragaylashning navlararo, geografik va sistematik uzoq
formalarini duragaylash
xillaridan foydalaniladi.
17.2. Geterozis hodisasi va uning hillari
Odatda o’z-o’zidan changlanadigan yoki xromosomalar soni o’xshash turlar
o’zaro chatishtirilganda birinchi avlod duragaylari ota va ona o’simliklarga
nisbatan kuchli rivojlangan, yashovchan va hosildor bo’ladilar.
Bu hodisa fanda
geterozis yoki «duragay kuchi»
deb ataladi. Odatda geterozis duragaylarning faqat
birinchi avlodida kuzatiladi. Geterozis hodisasi olimlar tomonidan turlicha
tushuntiriladi. Olimlar
Shell va Ist
fikricha urug’chi va changchi o’simliklarni
o’zaro duragaylashda gomozigota holatdan geterozigota holatga o’tishi geterozisga
sababchidir.