navlarida uchraydi.
Yuqorida ta'riflangan SES ning uchala xilida ham sterillik saqlanadi. Hozirgi
vaqtda SEP ning ro‘y berish sabablarini tushuntiruvchi 3 ta gipoteza mavjud:
1. Virusli infeksiyalar gipotezasiga binoan jinsiy ko‘payishda tuxum hujayra
sitoplazmasi orqali virusli infeksiyalar nasldan-naslga o‘tadi va sterillikka sabab
bo‘ladi.
2. SEP uzoq formalarni duragaylashning natijasidir.
Bir tur organizm
hujayrasining yadrosiga, ikkinchi tur organizm hujayrasi si- toplazmasining mos
kelmasligi sterillikka olib keladi.
3. SEP sitoplazmadagi plazmogenlarning spetsifik mutatsiyala- nishidir.
Hozirgi vaqtda haqiqatga eng
yaqini uchinchi gipotezadir, chunki uni
isbotlovchi dalillar juda ko‘p. Organizmning pushtli (fertil) yoki pushtsiz (steril)
holatlarda bo‘liish hujayra yadrosidagi mutant gen va sitoplazmadagi
plazmogenlarning harakat kuchiga bog‘liq.
Agar yadrodagi mutant gen dominant holatda bo‘lsa, sitoplazmadagi
plazmogenlar retsessiv ko‘rinishda bo‘ladi. Bunday
organizmlarda erkak va
urg‘ochi gametalar normal rivojlanib, ular changlatish va changlanish qobilyatini
yo‘qotmaydilar. Agar yadrodagi mutant gen retsessiv holatda bo‘lsa, plazmogenlar
dominant ko‘rinishda bo‘ladi va bunday organizmlarda sterillik (pushtsizlik)
yuzaga keladi.
Gulning urug‘chisi rivojlanmasa
u changlana olmasa -
urg‘ochi sterillik
,
changchi rivojlanmasa -
erkak sterllik
deb atalali. SES ning eng muhim xususiyati -
kelgusi bo‘g‘inga ona organizm orqali berilishidir. Uning bu xususiyatidan hozirgi
vaqtda makkajo‘xori va boshqa ekinlarning geterozisli duragaylarini yetishtirishda
keng foydalanilmoqda, chunki, gulni bichish ishlari o‘tkazilmaydi va changlanish
erkin holatda o‘tadi.
Hozirgi vaqtda maxsus to‘yintirish usulida o‘tkazilgan
chatishtirishlar orqali
olinayotgan ona sifatidagi organizmlarga (liniyalarga) SEP, ota sifatidagi
organizmlarga (liniyalarga) esa fertillikni mustahkamlovchi va keyingi avlod
organizmining fertilligini tiklovchi qobiliyat kiritiladi.
Shunday tartibda yetishtirilgan liniyalardan olingan duragaylar geterozis
hodisasi evaziga ota-ona formalarga nisbatan 25-40% ko‘p va sifatli hosil beradi.
Hozirgi vaqtda genetik va seleksioner olimlar sterillik asosida bug‘doyning ham
geterozisli duragaylarini yaratish bo‘yicha ish olib bormoqdalar.
Tashqi omillar ta'sirida sitoplazmada biror o‘zgarish sodir bo‘lsa va u bir necha
avlodlar
mobaynida saqlansa, bunga davomli
modifikatsiya deyiladi.
Masalan,
loviya urug‘iga 0,75 % xloral gidrat eritmasi ta'sir ettirilsa,
birinchi avlodda
3
/
4
qism o‘simliklar bargida oq anomal dog‘lar hosil bo‘ladi. Bu dog‘lar 7-avlodgacha
saqlanib, keyin yo‘qoladi.