KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi
Farmonning ijtimoiy yo‘nalishida amalga oshiriladigan muhim tadbirlari qatorida
oliy ta'lim muassasalari uchun pedagoglarning
yangi avlodni shakllantirish,
ma'naviy ahloqiy jihatdan yetuk, mustaqil dunyoqarashga ega, ijodiy fikrlovchi,
boy milliy meros,
shuningdek, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqatli
barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish vazifalari ham belgilab o‘tilgan.
Biologiyaning bilimlari ko‘pincha tasviriy ahamiyatga ega. Biologiyaning
qishloq xo‘jalik sohasida yangi sermahsul hayvon zotlarini, serhosil,
turli xil
kasalliklarga chidamli istiqbolli o‘simlik navlarini yetishtirishdagi ahamiyati
beqiyosdir. Aziz talaba, Sizning e'tiboringizga havola yetilayotgan bu o‘quv
qo‘llanma Qishloq va suv xo‘jaligi, Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi,
Agronomiya, Agrokimyo va agrotuproqshunoslik, O‘simliklarni himoya qilish,
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi ta'lim
yo‘nalishlari
uchun tuzilgan namunaviy dastur asosida yozilgan bo‘lib, o‘quv
qo‘llanmada
Biologiya faning vazifasi, o‘rganadigan sohalari va uslublari,
evolyusion ta'limot, yerda hayotning paydo bo‘lishi va
rivojlanishi, hujayra
biologiyasi, modda va energiya almashinuvi, organizmlarning ko‘payishi va
individual rivojlanishi, sitologik va biokimyoviy asoslari, Irsiyatning sitologik va
molekulyar asoslari, gametogenez va urug‘lanish, irsiyat qonunlari,
allelmas
genlarning o‘zaro ta'siri, uzoq shakllarni duragaylash, xromosoma nazariyasi,
belgilarning birikkan holda naslga o‘tishi, o‘zgaruvchanlik qonuniyatlari,
poliplodiya va gaploidiya, geterozis
va sitoplazmatik irsiyat, populyasiya
genetikasi kabi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan. Talabalarning o‘zlarini qiziqtirgan
muammolari bo‘yicha ko‘proq ma'lumotlarga ega bo‘lishlarini osonlashtirish
maqsadida har bir ma'ro‘zaning oxirida mazkur mavzuga oid asosiy va qo‘shimcha
adabiyotlar ham berilgan. Bundan tashqari har bir ma'ruzadan keyin shu
ma'ruzadagi mavzuni talabalar qay darajada o‘zlashtirganliklarini sinab ko‘rish
uchun muhokama savollari ham keltirilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanmadan
foydalangan har bir yigit-qizga olgan bilimlari mustaqil respublikamiz oldidagi
biologiya fani bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni
yechishda yordam berishiga
ishonchimiz komil.
Mazkur o‘quv qo‘llanmaning mazmuni to‘g‘risida bildirilgan fikr va
mulohazalar kelajakda uni yanada takomillashtirishga yordam beradi deb
o‘ylaymiz.