O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/106
Sana27.05.2024
Hajmi1,32 Mb.
#255327
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106
Bog'liq
BIOLOGIYA

Kuzatish usuli e
ng dastlabki usullardan biri bo‘lib, 
uning yordamida har qanday biologik hodisani tasvirlash, ta'riflash mumkin. 
Keyinchalik bu usuldan turlarni aniqlashda ham keng foydalanilgan. Bu sohada K. 
Linney juda katta muvoffaqiyatlarga erishgan. Bu usul bugungi kunda ham 
ahamiyatini yo‘qotmagan. 
Turli sistematik guruhlar, tirik organizm jamoalari, 
organizmlar, ularning tarkibiy qismllaridagi o‘xshashlik va farqlar 
taqqoslash 
usuli
yordamida aniqlanadi. Mazkur usuldan sistematika, morfologiya, anatomiya, 
paleontologiya, embriologiya va shu singari fanlarda foydalaniladi. Bu usul orqali 
hujayra nazariyasi, biogenetik qonun, irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik 
qatorlar qonuni kashf etilgan. Turli sistematik guruhlar organizm, uning 
organlarini 
tarixiy usul
yordamida aniqlanadi. Mazkur metod yordamida organik 
dunyoning evolyusion ta'limot yaratildi. 
Tajriba usul
orqali tirik tabiatdagi 
organizmlardagi voqyea hodisalar boshqa usullarga nisbatan chuqur o‘rganiladi. 
Keyingi paytlarda elektron hisoblash texnikasining rivojlanishi bilan biologik 


tadqiqotlarda 
modellashtirish usulidan
ham foydalanilmoqda. Modellashtirish 
usulining mazmuni tirik tabiatdagi biror voqyea hodisaning yoki uning muhim 
jihatlarini model tarzida qayta tiklab o‘rganishdan iborat. Tasvirli model 
matematik belgilarga aylantiriladi va ma'lum vaqtdan keyin unda qanday 
o‘zgarishlar, hodisalar ro‘y berishi mumkinligi kompyuter yordamida aniqlanadi. 
Modellashtirish usulining afzalligi shundaki, u tirik tabiatda kelgusida ro‘y 
beradigan voqyea hodisalarni oldindan bilish imkonini beradi.
1.2.
 
Biologiya faning tarixiy rivojlanishi 
Biologiya 
terminini 1892 yilda bir-biridan istisno tarzida birinchi bo‘lib J. B. 
Lamark va G. R. Treviranus taklif etishgan. Bu termin T. Roze (1797) va K. 
Burdax (1800) asarlarida ham uchraydi. 
O‘rta asrlarda G‘arbiy yevropa mamlakatlarida fanlar taraqqiyoti deyarli 
to‘xtab qolgan bir davrda O‘rta Osiyo hududidagi davlatlarda tabiiy fanlar jadal 
sur'atlar bilan rivojlana boshladi. Bu davr fanlari tarixida Muhammad Xorazmiy, 
Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy kabi allomalar 
alohida o‘rin tutadi. Beruniy tabiat 5 element: bo‘shliq, havo, olov, suv va 
tuproqdan yaratilgan deb e'tirof etadi. U o‘zining "Hindiston" asarida tabiatni 
daraxtdagi eng baquvvat va sog‘lom novdalarining o‘sishiga imkon beradigan 
bog‘bonga o‘xshatadi. Bu bilan u tirik organizmlar o‘rtasida yashash uchun kurash 
borishi va tabiiy tanlanish sodir bo‘lishini bashorat qiladi. Ibn Sino o‘z asarlarida 
o‘simlik va hayvonlar hamda boshqa tabiiy jismlar, hodisalar va ularning sabablari 
to‘g‘risida yozib qoldirgan. 
Uyg‘onish davridagi geografik kashfiyotlar, o‘simlik va hayvonot dunyosiga 
qiziqishning kuchayishi bir qancha mamlakatlarda botanika va hayvonot 
bog‘larining tashkil etilishiga olib keladi. Bu davrda hayvonlar va o‘simliklar 
to‘g‘risida ko‘plab asarlar paydo bo‘ladi. Ana shu davrda italiyalik botanik A. 
Chezalpino guli, urug‘i va mevasining tuzilishiga binoan o‘simliklarni tasnif 
qilishga urinib ko‘rdi, uning asarlarida metamorfoz, tartib va tur to‘g‘risidagi 
ayrim tushunchalar ilk bor uchraydi. 16—17-asrlarda hayvonlar to‘g‘risida bir 
qancha ensiklopedik asarlar paydo bo‘ladi. Shveytsariyalik olim K. Gesnerning 5 
jildli "Hayvonlar tarixi", italiyalik U. Aldrovandining 13 jildli monografiyasi, 
Fransuz olimi G. Rondele va italiya olimi Ch. Salvianining dengiz orti 


mamlakatlari hayvonlari to‘g‘risidagi asarlari shular jumlasidandir. Bu davrda 
anatomiya sohasida ayniqsa katta kashfiyotlar qilindi. Ingliz olimi U. Garvey 
(1578—1657) o‘zining qon aylanish sistemasi to‘g‘risidagi ta'limotini yaratadi. 
Italiyalik olim F. Redining tajribalari tufayli (1667) hayotning o‘z-o‘zidan paydo 
bo‘lishi to‘g‘risidagi ta'limotga katta zarba berilgan bo‘lsada, uning batamom 
barham topishiga olib kelmadi. Ko‘pchilik olimlar tuxum hujayraga ega bo‘lmagan 
tuban organizmlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi mumkin degan fikrga ega edi. 16-
asrda mikroskopning kashf etilishi biologiyaning rivojlanishi uchun katta 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Angliyalik R. Guk tomonidan hujayraning kashf etilishi 
(1665), gollandiyalik A. Levenguk tomonidan bir hujayralilar va spermatozoidlar 
(1673), ingliz olimi T. Millington (1676) va nemis olimi R.Kamerarmus (1694) 
tomonidan o‘simliklarda jinsiy tafovutlarni, italiyalik olim Malpigi (1675—79) va 
ingliz olimi N. Gryu (1671—82) tomonidan o‘simlik to‘qimalari, shuningdek 
baliqlar tuxum hujayrasi (N. Steno, 1667) va kapillyar qon tomirlarining kashf 
etilishi mikroskop ixtiro qilinishi bilan bog‘liq. Bu kashfiyotlar embriologiyada 

Download 1,32 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna

Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish