keladigan tuzilish va funksiyalarga ega bo‘ladi.
Progressiv evolyusiya to‘g‘risida
gap borar ekan, morfologik-fiziologik
progressning mezonlarini tavsiflash zarur. Ularsiz morfologik-fiziologik progress
tushunchasiga bir xil ta'rif berish mumkin emas.
Hozirgacha tuzilish va
funksiyaning yuqori darajadaligini aniqlash bo‘yicha 40 ta mezon ishlab chiqilgan.
Ularni uchga — sistemali, energetik va axborot guruhlariga bo‘lish mumkin.
Sistemali mezon tuzilish va funksiyaning murakkablik va integratsiya darajasini
ifodalaydi. Organizm, to‘qima va organlar tabaqalanishining ortishi, ko‘p
tomonlama hayotiy funksiyalar bilan ta'minlanishi,
gomologik organlar
oligomerizatsiyasi shular jumlasiga kiradi.
Energetik mezon bir butun organizm va uning qismlari funksiyasining
samaradorligi iqtisod qilinishi darajasi tavsifini belgilaydi. Masalan, oziq iste'mol
qilib ko‘p energiya beruvchi organizm takomillashgan hisoblanadi. Bu fermentlar
sifati, kaloriyaga boy oziq iste'mol qilish, atrof-muhitga kam issiqlik ajratish bilan
ifodalanadi.
Axborot mezoni axborot to‘plash
darajasini aks ettiradi, Bunga umurtqali
hayvonlarning tobora murakkablanish evolyusiyasi natijasida genetik axborotning
izchillik bilan orta borishi misol bo‘ladi.
Chunonchi, sut emizuvchilar DNK si
miqdoriga nisbatan dastlabki xordalilar genomida DNK 6%, bosh skeletsizlarda
17%, to‘garak og‘izlilarda 38%, baqalar va toshbaqalarning ba'zi turlarida 80 % ni
tashkil etadi.