chunki odamdagi tuyg‘ular,
ongli hayot qobiliyati, ahloqni tabiiy tanlanish yoki
evolyusion nazariya bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Ch.Darvin yuqoridagi asarida
Uolles fikrlarining noto‘g‘ri ekanligini o‘zil-kesil isbotlashni maqsad qilib qo‘ydi.
Asarning birinchi bobida odam hayvonot olamidan kelib chiqqanligini isbotlovchi
qiyosiy
anatomiya, fiziologiya, embriologiya, sistematika,
paleontologiya dalillari
keltiriladi. 50 Asarning keyingi boblarida hayvonlar bilan o‘simliklar turlarining
paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynagan omillar — o‘zgaruvchanlik, irsiyat, tanlanish
odamning kelib chiqishida ham muhim rol o‘ynaganini ko‘rsatib o‘tiladi. Asarda
odamning hayvonot olamida tutgan o‘rni belgilab beriladi,
Darvin Ouen va
Uolleslarning «odam o‘z miyasining rivoj topishi va ruhiy holati bilan
hayvonlardan tubdan farq qiladi va shunga binoan uni hayvonlardan ajratish
kerak» degan mulohazalarini tanqid qildi va mazkur masalani ilmiy jihatdan hal
etdi. Ch.Darvin odam paydo bo‘lishi masalasini biologiya fani nuqtai nazaridan hal
etgan bo‘lsada, lekin bunda sotsial omillar qanday rol o‘ynaganini
ochib bera
olmadi. Darvin asarining ikkinchi qismi jinsiy tanlanishga bag‘ishlangan. U juda
ko‘p dalillar, kuzatishlarni tahlil qilib, ikkinchi darajali
jinsiy belgilarning paydo
bo‘lishini, hayvonlarda jinsiy tanlanish qanday ro‘yobga chiqqanligini atroflicha
hal qildi. Bulardan tashqari, Darvin yana ko‘pgina asarlar yozdi va ularda
evolyusion nazariyaning ayrim muammolarini atroflicha yoritdi. «O‘simliklar
olamida chetdan va o‘z-o‘zidan changlanishning ta'siri», «Hasharotxo‘r o‘simliklar
to‘g‘risida», «Odamda va hayvonlarda tuyg‘uning ifodalanishi»
kabi asarlari
bunga yorqin misoldir. Ch.Darvin asarlarining jami 10 tomdan iborat edi. Uning
asarlari sinchkovlik bilan dalillar to‘plash va ularni keng ko‘lamda nazariy jihatdan
asoslashning yorqin namunasidir. U induksiya bilan deduksiyaning, analiz bilan
sintezning doimiy o‘zaro aloqasini to‘g‘ri qo‘llagan olimdir.