• Lamarkning ikkinchi qonuni « Tabiat individlarni qadimdan yashab kelgan sharoit tasiri ostida va
  • Lamarkning birinchi qonuni «O‘z rivojlanishining nihoyasiga yetmagan




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/106
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #255327
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106
    Bog'liq
    BIOLOGIYA

    Lamarkning birinchi qonuni «O‘z rivojlanishining nihoyasiga yetmagan 
    har qanday hayvonda qanday bo‘lmasin biror organning bir qadar tez tez va 
    uzoq 
    ishlatilishi 
    shu 
    organni 
    oz-ozdan 
    mustahkamlab, 
    rivojlantirib, 
    kattalashtirib boradi va unga o‘zoq ishlashi uchun kifoya qilarli kuch-quvvat 
    beradi».
    Shu bilan birga boshqa biror organning doim ishlatilmasligi uning asta 
    sekin susayib, juda zaiflashib qolishiga olib keladi, qobiliyatini pasaytiradi va 
    pirovardida, uning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ladi». 
    Lamarkning ikkinchi 
    qonuni « Tabiat individlarni qadimdan yashab kelgan sharoit ta'siri ostida va 
    binobarin, ma'lum organning ko‘proq ishlatilishi yoki ma'lum organning doim 
    ishlatilmasligi ta'siri ostida shaxslarni nimaiki hosil qilishga yoki yo‘qotishga 
    majbur etgan bo‘lsa, ikkala jins yoki yangi naslni hosil qilgan shaxslar uchun 
    umumiy bo‘lsa, shularning hammasini dastlabki formalardan paydo bo‘lgan 
    yangi shaxslarda ko‘paytirish yo‘li bilan saqlaydi».
     
    3.3.
     
    Evolyusiyaning asosiy yo‘nalishlari 
    Organik olamning tarixiy rivojlanishi bilan tanishilsa, organizmlar oddiydan 
    murakkabga, takomillashmagan formalardan takomillashgan formalarga tomon 
    rivojlanganligi namoyon bo‘ladi. Odatda, organizmlarning oddiydan murakkabga 


    tomon rivojlanishi progress termini bilan ifodalanadi. Biroq progress tushunchasi 
    uning tub mohiyatini ochib bermaydi. Progress haqidagi tushunchaga dastlab 
    Darvin ilmiy tomondan yondashgan olimdir. U progressiv rivojlanishning asosiy 
    omillaridan biri tabiiy tanlanish bo‘lib u ma'lum muhit sharoitida organizmlarning 
    takomillashuviga sabab bo‘ladi, deydi. Darvin fikricha, organizmlarning raqobat 
    qilish qobiliyati turli organlarining differensiyalanish va ixtisoslashish darajasi 
    progress mezonlaridan biri hisoblanadi. Lekin bu mezonlar progress tushunchasi 
    uchun yetarli emas. Chunki ular progressiv evolyusiyadagi qarama-qarshiliklarni 
    ifodalay olmaydi. 
    Organik olamda progressiv rivojlanishning har xil shakllari mavjud. Ularga 
    cheklanmagan biologik, morfologik-fiziologik progresslar kiradi. Prokariotlardan 
    tortib bir qancha evolyusion jarayonlar tufayli sut emizuvchilar va nihoyat 
    odamzotning kelib chiqqanligi cheklanmagan progressga misol bo‘ladi. Albatta bu 
    tarixiy rivojlanish bir qancha organik formalarning paydo bo‘lishi, almashinuvi 
    orqali amalga oshgan.
    Organik olamdagi progress muammosi birinchi marta Seversov tomonidan 
    mukammal o‘rganilgan. U evolyusiya jarayonida ro‘y beradigan biologik progress 
    va morfologik-fiziologik progress tushunchalari farqlanishi zarurligini ta'kidladi. 
    Biologik progress deganda, turning avj olib rivojlanishini, keng tarqalishini, ravnaq 
    topishini tushungan, ya'ni: 1) turga mansub individlar soni ortadi; 2) natijada tur 
    keng tarqalib, yangi areallarni ishg‘ol qiladi; uning areali kengayadi; 3) yangi 
    sistematik guruhlar paydo bo‘ladi va intensiv divergensiya ro‘y beradi. Hozirgi 
    vaqtdagi gulli o‘simliklar, suyakli baliqlar, qushlar va sut emizuvchilar biologik 
    progressga misol bo‘ladi. 

    Download 1,32 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lamarkning birinchi qonuni «O‘z rivojlanishining nihoyasiga yetmagan

    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish