• Ixtisoslashish
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/106
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #255327
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106
    Bog'liq
    BIOLOGIYA

    Idioadaptatsiya.
    Biologik progressga olib keladigan ikkinchi yo‘nalish 
    idioadaptatsiyadir. Bu aromorfozdan farq qilib, umumiy moslanish emas, balki 
    xususiy, jo‘z'iy moslanishlar paydo bo‘lishidan iborat. Lekin bu o‘zgarishlar 
    organizmlarning tuzilish darajasi, hayot faoliyatini ajdodlarga nisbatan yuqoriga 
    ko‘tarmaydi ham, pasaytirmaydi ham. Idioadaptatsiya yo‘li bilan paydo bo‘ladigan 
    o‘zgarishlar, odatda, organizm hayot faoliyati uchun ikkinchi darajali ahamiyatga 
    ega organlar, qismlarga ta'lluqlidir. Idiodaptatsiya natijasida organizm garchi 
    tuzilishi jihatdan o‘z ajdodlari bilan bir darajada turadigai bo‘lsa ham, muhitning 
    ma'lum o‘zgarishlariga ularga nisbatan yaxshi moslashadi. Har bir hayvon yoki 


    o‘simlik turiga mansub organizmlarda idioadaptatsiya bo‘lishi tabiiy bir hol. 
    Masalan, toshbaqalar reptiliyalarning filogenetik tomondan eng qadimgi 
    shoxobchasi bo‘lib, katilozavrlardan kelib chiqqan va perm davriga kelib, hayot 
    sharoitining o‘zgarishi, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli ostki va ustki 
    qalqonlarga ega bo‘lgan. Evolyusion rivojlanishda toshbaqalar xilma-xil sharoitga 
    moslashib, o‘zaro farq qiladigan guruhlarni hosil qilgan.
    Ixtisoslashish
    , idioadaptatsiyaning eng xususiy formasi bo‘lib hisoblanadi. 
    Ixtisoslashish organizmlarning har qaysi yirik guruhlarida uchraydi. Ularga 
    yalqovlar, chumolixo‘rlar, gekkonlar, xameleonlar va shu singari hayvonlar misol 
    bo‘ladi. Ixtisoslashgan organizmlar, odatda, muhitning juda tor doirasida hayot 
    kechiradi. Mazkur sharoitda ular bilan raqobat qiluvchi organizmlar kam uchragani 
    uchun, qayd qilingan hayvonlar hozirgacha saqlanib kelgan. Idioadaptatsiya 
    o‘simliklarda ham keng tarqalgan. Chetdan changlanish, urug‘, mevalarning 
    tarqalishiga imkon beradigan turli moslamalarni idioadaptatsiya tipidagi 
    o‘zgarishlar deb ta'riflash mumkin. 
    Senogenez.
    Senogenez embrion yoki lichinkalik davrida vujudga keladigan 
    moslamalar hisoblanadi. Tuxum hujayrani va embrionni kimyoviy va mexanik 
    ta'sirlardan himoya qiluvchi parda yoki mikroblardan saqlovchi ohakli qobiq, 
    tuxumdagi sariqlik, reptiliya, qushlar va sut emizuvchilarda embrionni tebranish va 
    zarbalardan saqlovchi amnion, sut emizuvchilarda embrion, nafas olishga yordam 
    beradigan ellantois va yo‘ldosh senogenezga yaqqol misoldir. 
    Umumiy degeneratsiya yoki morfologik-fiziologik regress.
    Agar aromorfozda 
    organizmlarning tuzilish darajasi yuksalsa, umumiy degeneratsiyada voyaga 
    yetgan organizmlarning tuzilish darajasi, hayot faoliyati soddalashadi. Morfologik-
    fiziologik regress, odatda, o‘troq holda yashashga yoki parazit hayot kechirishga 
    o‘tish bilan o‘zviy bog‘liq bo‘ladi. Degeneratsiyaga uchragan organizmlarda 
    harakatlanish (muskul sistemasi, oyoqlar skeleti), markaziy nerv sistemasi, sezuv 
    organlari, aktiv oziqlanishga yordam beradigan organlar reduksiyaga uchraydi. 
    Aksincha, organizmda hayot uchun ikkinchi darajali hisoblangan faoliyat, 
    chunonchi, jinsiy sistema progressiv rivoj topadi. 


    Shunday qilib, Seversovning evolyusiyaning turli yo‘nalishlari to‘g‘risidagi 
    ta'limoti asosida nima sababdan barcha organizmlar evolyusiya jarayonida o‘z 
    tuzilishini bir tekis takomillashtirmagan va hozirgi davrda tuzilishi murakkab 
    organizmlar bilan bir qatorda, tuban organizmlar ham mavjud, degan muammo 
    ilmiy tomondan hal etildi. 

    Download 1,32 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna

    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish