Hujayraning tarkibiy qismlari va ularning vazifalari




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/106
Sana27.05.2024
Hajmi1,32 Mb.
#255327
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106
Bog'liq
BIOLOGIYA

4.3.Hujayraning tarkibiy qismlari va ularning vazifalari 
Keyingi 150 yildan ortiqroq davr mobaynida hujayrani o‘rganish yanada 
chuqurlashib bordi. Hujayradagi barcha asosiy organoidlarning ma'lum vazifani 
bajarishga moslashganligi aniqlandi; elektron mikroskop yordamida hujayraning 
yanada noziqroq bo‘lgan ultrastrukturalari o‘rganildi; ularning molekulyar tuzilishi 
ochib berildi. 
Har bir hujayrani atrof muhitdan hujayra membranasi (plazmolemma) ajratib 
turadi va hujayra uchta asosiy tarkibiy qismdan: plazmatik membrana, sitoplazma 


va yadrodan iborat. Sitoplazma: organoid, kiritmalar va gialoplazmadan; yadro: 
yadrocha, hromatin, yadro shirasi va yadro qobig‘idan iborat. Yorug‘lik va 
elektron mikroskop orqali olingan ma'lumotlarga asoslanib, hujayralarning 
quyidagi qismlari farqlanadi: 
 
Sitoplazma 
Yadro 
Huj
ayr

qob
ig‘i 
Organoidlar 
Kiritmalar 
Gialo- 
plazma 
 
Umumiy organoidlar 
Xususiy organoidlar 
Huj
ayra 
yuz
asin
ing 
max
sus 
tuzil
mal
ari 
1.
Mitoxondriya 
2.
ELT 
3.
Golji kompleksi 
4.
Sentrosoma 
5.
Lizosoma 
1.
Tonofibrillalar 
2.
Miofibrillalar 
3.
Neyrofibrillalar 
4.
Mikronaychalar
1.
Trofik 
2.
Sekretor 
3.
Eeskretor 
4.
pigment 
1.Yadro 
qobig‘i 
(kariolem
ma) 
2. 
Xromatin 
3. 
Yadrocha 
4. Yadro 
shirasi 
Organoid hujayra sitoplazmasining tarkibiy qismidir. Hujayra organellari – 
hujayraning doimiy tarkibiy qismi bo‘lib, ma'lum tuzilishga ega va maxsus 
vazifalarni bajaradi. Organoid umumiy organellarga va ba'zi hujayra va 
to‘qimalarda uchraydigan xususiy organoidga bo‘linadi (masalan, tonofibrillalar, 
neyrofibrillar). Tuzilishiga qarab, membranali va membranasi bo‘lmagan hujayra 
organellari farqlanadi.
Membranali hujayra organellariga mitoxondriya, endoplazmatik to‘r, 
plastinkasimon kompleks (Goldji apparati), lizosoma va peroksisomalar kiradi. 
Membranasiz hujayra organoidiga ribosoma va polisoma, mikronaycha, 
sentrosoma va kiprikcha, xivchin va fibrillyar tuzilmalar kiradi.
Membranali organoidlarning umumiy xususiyati bu ularning tuzilishida 
elementar biologik membrana ishtirok etishidir. Ularning tarkibiy qismlari donador 
endoplazmatik to‘rda sintezlanadi va Goldji kompleksida ixtisoslashadi. Hujayra 
plazmolemmasi va organoid membranalari bir-biri bilan doimiy a'loqada bo‘lib, 
bir-birini to‘ldirib turadi.

Download 1,32 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hujayraning tarkibiy qismlari va ularning vazifalari

Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish