• Plastidalar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/106
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #255327
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106
    Bog'liq
    BIOLOGIYA

    Mitoxondriya 


    Har bir hayvon va o‘simlik hujayralarida uchraydigan organelladir 
    (eritrotsitning yetuk shaklidan tashqari). Sitoplazmada bir tekis joylashadi, lekin 
    ba'zan ular qaerda energiya ko‘proq kerak bo‘lsa, o‘sha yerda to‘planadi.
    Hujayralardagi mitoxondriyalarning sonini aniq aytish qiyin. Ularning 
    miqdori hujayra tipiga va funksional holatiga bog‘liq bo‘lib, bitta buyrak 
    hujayrasida ularning soni 1000 taga yetadi. Mitoxondriya ikki qobiq bilan o‘ralgan. 
    Gialoplazmadan ajratib turuvchi tashqi membranasining qalinligi taxminan 60 Å 
    bo‘lib, shu organellaning o‘tkazuvchanlik xususiyatini belgilasa kerak. Tashqi 
    membrana endoplazmatik to‘r bilan bog‘langan bo‘ladi. Ichki tarafda yotuvchi 
    ichki mitoxondrial membrana tashqi membranadan farqli ravishda, tekis bo‘lmay 
    krista deb ataluvchi, matriksga botib kiruvchi o‘simtalar hosil qiladi. Bu 
    membrananing ham qalinligi taxminan 60 Å ni tashkil qiladi. Ichki membranalar 
    orasidagi bo‘shliq mayda donador moddalar bilan to‘lgan bo‘lib, matriks deb 
    ataladi. Mitoxondriya matriksida elektron zich donador tuzilma (ribosoma) va 
    nozik ipchalar (DNK) mavjud. Mitoxondriya ichki membranasida ATF sintezi 
    jarayoni ketadi.
    Mitoxondriya matriksida o‘ziga xos oqsil sintez jarayoni ham yuz beradi. Bu 
    yerda RNK, DNK molekulalari, ribosomasi va mitoxondriya ichki oqsillari 
    aniqlangan. Lekin bu oqsil sintezi mahsulotlari mitoxondriya funksiya bajarishi 
    uchun yetarli emas.
    Plastidalar 
    Plastidalarni-Levenguk 1676 yilda kashf etgan. Xloroplastlar tarkibida xlorofill, 
    karotin va ksantofill, xromoplastlarda esa ksantofill va karotin pigmentlari bor. 
    Plastidalar stroma hamda pigmentlar, protein va lipid, mineral elementlardan 
    tashkil topgan. Plastidalar qo‘sh membranali oqsil-lipidli qobiqqa ega. Plastidalar 
    tarkibida ko‘p miqdorda turli fermentlar bo‘lib, ular moddalar almashinuvi 
    jarayonida biokatalizator sifatida ishtirok etadi. Plastidalar o‘simlik hujayrasida 
    zahira moddalarning hosil bo‘lishi va almashinuvida asosiy rol o‘ynaydi. Uch xil 
    plastidalar mavjud: leykoplast, xloroplast va xromoplast. Rangli plastidalar 
    tarkibida pigmentlar bo‘ladi. Xloroplastlar tarkibida xlorofill, karotin (qizil) va 


    ksantofill (sariq), xromoplastlarda esa ksantofill va karotin pigmentlari bor. 
    Leykoplastlar-tarkibida pigmentlar uchramaydi, ichki membranasi kuchsiz 
    rivojlangan. Leykoplastlarning quyidagi turlari mavjud: tarkibida kraxmal 
    to‘plovchi amiloplastlar; oqsil saqlovchi proteinoplastlar; moy to‘plovchi 
    elayoplastlar yoki oleoplastlar; etioplastlar qorong‘i joyda o‘sgan o‘simliklarda 
    hosil bo‘ladigan rangsiz plastidalar hisoblanadi. Bunday sharoitda o‘sgan 
    o‘simliklar qorong‘ilikdan yorug‘likka o‘tqazilsa, hujayradagi etioplastlar tezlikda 
    xloroplastlarga aylanadi. Leykoplastlar embrional to‘qima hujayralarida, sporalar 
    sitoplazmasida va urg‘ochi gametalarida, urug‘larda, tuganak va ildiz, 
    piyozboshlarda hamda bir pallali o‘simliklarning epidermisida uchraydi. Ularning 
    asosiy vazifasi kraxmal, oqsil hamda moylar kabi zahira moddalarni to‘plashdir. 
    Xloroplastlar-qo‘sh membranasi oqsil-lipid tuzilmali organella. Uning ichki 
    qismidagi tilakoidlarida xlorofill va karotin pigmentlari joylashadi. Tarkibida 
    magniy tutadigan xlorofill gemoglobindagi gemga 
    o‘xshash bo‘ladi. Xlorofill tirik organizmlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 
    fotosintez jarayonini amalga oshiradigan pigment. Xloroplastlar o‘lchami, katta 
    kichikligi, tarkibida DNK mavjudligi va replikatsiya qilish xususiyatiga ega 
    bo‘lishi bilan mitoxondriyaga o‘xshaydi. Dastlabki kraxmal xloroplastlarda sintez 
    bo‘ladi. Xloroplastlar o‘simlik organlarining yer yuzasidagi qismlari: barg, qisman 
    poya, gul, meva va urug‘larida uchraydi. Xloroplastlarda fotosintez jarayonini 
    boshqaradigan fermentlar bo‘lib, ular kraxmal, oqsil, yog‘ kislotalari va 
    fosfolipidlarni sintez qiladi. G igant xloroplastlar suvo‘tlarida uchrab, xromatofor 
    deb yuritiladi. 
    Xromoplastlar-dastlab 1837 yilda I.Berselius, keyinchalik 1885 yilda 
    A.Shimper tomonidan aniqlangan. Gultojibarglardagi xromoplastlar changlatuvchi 
    hasharotlarni jalb qiladi, har xil rangda bo‘yalgan meva qatidagi xromoplastlar esa 
    qushlar va hayvonlar tomonidan yeyilib, ular orqali atrofga tarqaladilar. 

    Download 1,32 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna

    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish