O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/106
Sana27.05.2024
Hajmi1,32 Mb.
#255327
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106
Bog'liq
BIOLOGIYA

Goldji kompleksi 
1898 yilda Kamillo Goldji kumush tuzi bilan bo‘yash usulini ishlatib
hujayra sitoplazmasida to‘rsimon tuzilmani aniqladi, keyinchalik bu tuzilma 


“Goldji kompleksi” deb ataldi. Goldji kompleksi uch qismdan iborat: 
1.
Yassi sisternalar sistemasi – silliq membranalar bilan chegaralangan. Yassi 
sisternalar ko‘pincha 5-10 ta bo‘lib, bir-biriga yaqin yotadi. Sisterna 
membranalari markazda bir-biriga yaqin, periferik qismida esa ampulasimon 
kengaygan bo‘ladi. Yaqin sisternalar orasidagi masofa 140-150 Å. 
2.
Mayda 
mikropufakchalar 
– 
sisternalar 
oxirida 
joylashadi. 
Mikropufakchalarning diametri 300-500 Å bo‘lib, zich granulalar 
shaklidadir.
3.
Yirik vakuolalar ham sisternalar va mikropufakchalar singari membranalar 
bilan o‘ralgan. Vakuolalar kattaligi 0,2-0,3 mkm va ko‘pincha ular yassi 
sisterna bog‘lamlarining o‘rta qismida, sisternalar orasida va tashqarisida 
yotadi.
Goldji kompleksi membranalari oddiy biologik membranadan iborat va har 
xil qismlari bir-biridan hosil bo‘lishi mumkin. Mikropufakchalar yassi 
sisternalarning oxirgi qismlaridan, yirik vakuolalar esa sisternalar kengayishidan 
hosil bo‘ladi. Ba'zi ma'lumotlarda keltirilishi bo‘yicha mayda pufakchalar 
endoplazmatik to‘rga o‘tish qismlaridan hosil bo‘ladi.
Funksional faolligiga ko‘ra hujayra Goldji kompleksining taraqqiy etganlik 
darajasi turli hujayralarda turlichadir. Goldji kompleksi ko‘pincha ishlamayotgan, 
ixtisoslashmagan hujayralarda kuchsiz rivojlangan. U yadro atrofida yoki hujayra 
markazi atrofida joylashadi. Endoplazmatik to‘rda sintezlangan moddalar Goldji 
apparati bo‘shlig‘iga o‘tadi. U joyda konsentratsiyalanib, ma'lum shaklga kirib 
tashqariga chiqarish uchun tayyorlanadi yoki hujayraning o‘zida sarflanadi. Goldji 
kompleksi, shuningdek lizosomalar va hujayra membranalarini hosil qilishda 
qatnashadi. 

Download 1,32 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna

Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish