membrana bilan o‘ralgan. Ular o‘zaro birlashib, murakkab to‘r sistemasini hosil
qiladi. EPT bo‘shlig‘i gomogen kam elektron zichlikdagi modda tutadi. EPT
yetilgan eritrotsitlardan tashqari hamma hayvon hujayralarida topilgan.
EPT ning
tuzilishi takomil darajasi turlicha bo‘lgan hujayralarda har xil bo‘ladi.
Donador
EPT
membranasining
tashqi
qismida
ribosomalar
(ribonukleoproteid donachalar) bo‘ladi. Ribonukleoproteid donachalari membrana
yuzasida rozetka yoki spiral shaklida to‘planmalar hosil qiladi. Sitoplazmada
ribosomalar alohida to‘plangan polisomalar holatida ham bo‘lishi mumkin.
Polisomalarda asosan hujayraning o‘z faoliyatida sarflanadigan oqsillar, EPT bilan
bog‘liq ribosomalarda esa hujayraning o‘z faoliyatida
sarflanadigan oqsillar
sintezlanadi. Donador EPT oqsilga boy sekret ishlab chiqaruvchi hujayralarda
yaxshi rivojlangan, masalan, me'da
osti bezi atsinar hujayralari, plazmatik
hujayralar, jigar, nerv hujayralari va boshqalar. Spermatozoid, buyrak kanalchalari
hujayralarida, leykotsit, ichak kriptasi epiteliy hujayralarida
donador EPT kuchsiz
rivojlangan. Donador EPT da sintezlangan oqsillar uglevod birikmalari bilan
qo‘shilib modifikatsiyaga uchrashi mumkin. Shu bilan birga sintezlangan oqsillar
konsentratsiyalanib, yirik sekretor donachalar shakllanishi mumkin (masalan,
me'da osti bezida). Donador EPT hujayra membranasi
shakllanishida va barcha
membrana oqsillari sintezida ishtirok etadi. Lipoproteid to‘plamlarini hosil qiladi.
EPR membranasida fosfolipid sintezida qatnashuvchi fermentlar joylashgan.
Odatda silliq EPT hujayrada alohida zona yoki tutam holatida joylashadi.
Vakuola va kanalchalar diametri 50-100 nm. Ba'zan silliq va donador EPT ning
bir-biriga o‘tish sohalarini ko‘rish mumkin. Silliq EPT donador EPT dan yoki
plazmatik membranadan hosil bo‘ladi deb hisoblanadi.
Lekin bunga qaramasdan
silliq va donador EPT ning vazifalari turlichadir. Silliq EPT lipidlar, polisaxaridlar
va steroidlar metabolizmida ishtirok etadi. Jigar, buyrak usti bezi va urug‘donning
interstitsial hujayralarida ko‘p miqdorda uchraydi. Jigar hujayralaridagi silliq EPT
turli tashqi ekzogen kimyoviy moddalar metabolizmida, dori moddalarning
detoksikatsiya jarayonlarida ishtirok etadi. Ko‘ndalang-targ‘il
mushak
hujayralaridagi silliq EPT muskullar qisqarishini ta'minlovchi Ca
+2
ionlarini
yotkazib berad va miofibrillalar atrofini o‘rab turadi.