miqdorda kalsiy tutadi. Ribosomalar mayda subbirliklardan iborat har bir subbirlik
bitta yuqori polimer ribosomal RNK molekulasini va oqsilni tutuvchi ribonukleotid
moddadir. Ular yadrochada sintezlanadi. Subbirliklar orasida yoriq ko‘rinadi.
Ribosoma subbirliklarining birlashishi sitoplazmada ro‘y beradi.
Fibrillyar tuzilmalar – ipsimon strukturalardir.
Hujayrada turli filamentlar uchraydi:
1.
Aktinli – tropomiozin va troponin oqsillari bilan bog‘liq aktin oqsilidan
tashkil topadi.
2.
Miozinli – miozin oqsilidan iborat, aktinli filamentlarning
zich birikishidan
hosil bo‘ladi.
3.
Oraliq filamentlar – ba'zan tutamlar – fibrillalar hosil bo‘ladi. Masalan:
ko‘ndalang – targ‘il mushaklarda aktin va miozin mikrofilamentlar birgalikda
miofibrillalarni hosil qiladi. Ular muskul qisqarishini ta'minlaydi. Nerv
hujayralari filamentlar tutami neyrofibrilla, epiteliy hujayrasi filamentlar
tutami tonofibrillar deb ataladi.
Mikrofilamentlar sitoplazmaning chetki yuzalarida
tutamlar hosil qilib
joylashadi. Ayniqsa, sitoplazmaning periferik qismlarida va membrana ostida ko‘p
miqdorda bo‘ladi. Ba'zi hujayra membranasi integral oqsillari aktin filamentlari
bilan bog‘lanadi. Bunday bog‘lanish hujayraning amyobasimon harakatida va
shaklini o‘zgartirishida ishtirok etadi. Mikrofilamentlar hujayra bo‘linishida ham
ishtirok etadi, ikki qiz hujayraning ajralishini ta'minlaydi. Mikrovorsinkalar
tarkibida ham aktin mikrofilamentlari borligini ko‘rish mumkin. Mikrofilamentlar
mikrovorsinkalarning
plazmatik
membranaga
birikishini
ta'minlaydi.
Mikrovorsinkalar ostida
miozin filamentlari joylashib, ular mikrovorsinkalar
qisqarishida ishtirok etadi.