• 1-rasm. Linneyning o’simliklar sistematikasi.
  •  K.Linneyning sistematika faniga asos solishi




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/106
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #255327
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106
    Bog'liq
    BIOLOGIYA

    6.2. K.Linneyning sistematika faniga asos solishi 
    O‘simliklar bilan hayvonlarning sun'iy sistemasini mashhur shved olimi Karl 
    Linney (1707—1778) rivojlantirdi. Uning bu sohadagi mulohazalari «Tabiat 
    sistemasi», (1735) «Botanika asoslari», (1936), «Botanika falsafasi», (1751) 
    «O‘simlik turlari», (1753) kabi asarlarida 18 yoritilgan. U butun tabiatni 3 ta katta 
    guruhga: minerallar, o‘simliklar va hayvonlarga ajratdi. O‘simliklar bilan 
    hayvonlar sistemasiga sinf, tartib, avlod,tur, variatsiya kategoriyalarini kiritdi. U 


    o‘z ilmiy faoliyatida o‘simliklar bilan hayvonlarning aniq hamda tushunish oson 
    bo‘lgan sistemasini tuzishga intildi. Linney qayd qilishicha, sistematikaning asosiy 
    birligi tur hisoblanadi; tur avlodlarga, avlodlar esa turkumlarga, turkumlar o‘z 
    navbatida sinflarga birlashtirildi. Sistematikaga binar nomenklaturani — qo‘shaloq 
    nomni, ya'ni har bir formani avlod va tur nomi bilan atashni K. Linney joriy etgan. 
    Chunonchi, xonaki mushukni Felis domestica deb atagan. Bunda Felis — latincha 
    mushuk degan ma'noni (avlod), domestica — xonaki tur degan ma'noni anglatadi. 
    Linney mushuklar avlodiga yovvoyi mushuk -Felis coitus, sher- Felis 1eo, yo‘lbars 
    - Felis tigris ni ham kiritgan. Mushuklar avlodi boshqa yirtqich hayvonlar avlodi 
    bilan birgalikda yirtqichlar turkumiga kiritilgan. Yirtqichlar turkumi boshqa 
    hayvonlar turkumi bilan sut emizuvchilar sinfiga birlashtirilgan va hokazo. Linney 
    o‘sha davrda fanga ma'lum bo‘lgan barcha o‘simliklarni sistemaga soldi va 24 
    sinfga ajratdi (1-rasm).
    1-rasm. Linneyning o’simliklar sistematikasi. 
    Gulli o‘simliklarni sistemaga solishda ularning generativ organlari tuzilishini 
    asos qilib oldi. 1—13 gacha sinf changchilarning soniga qarab ajratildi. 14—15-
    sinflarda changchilarning uzun qisqaligi, 16—20-sinflarda ularning o‘zaro 
    qo‘shilganligi, 21—23- sinflarda changchilarning bir yoki ikki xil o‘simlikda 


    joylashganligi e'tiborga olindi. 24-sinf esa «yashirin nikohlilar» deb nomlanib
    unga qirqquloqlar, moxlar, suvo‘tlar, zamburug‘lar kiritildi. Albatta, faqat ayrim 
    belgilarga qarab tuzilgan sistema hyech vaqt tabiiy sistema bo‘la olmaydi. 
    Masalan, sabzi bilan smorodinaning changchisi 5 ta bo‘lganligi uchun Linney 
    sistemasida ular 5-sinfga, qamish, sholi, qoraqatning changchisi 6 ta bo‘lganligi 
    uchun 6-sinfga kiritilgan. Vaholanki, hozirgi zamon tabiiy sistemasiga ko‘ra, sholi 
    bilan qamish gulli o‘simliklarning bir pallalilar, qolganlari esa ikki pallalilar 
    sinfiga mansub. 
    Sabzi 
    soyabonguldoshlar, 
    qoraqat 
    qoraqatdoshlar, 
    sholi, 
    qamish 
    boshoqdoshlar oilasining vakillaridir. Linney o‘zi to‘zgan sistema sun'iy ekanligini 
    yaxshi tushunar edi. Shu sababli u tabiiy sistema tuzishga urindi. Oqibatda barcha 
    o‘simliklarni 67 ta tartibga ajratdi. Lekin bunda ularning keskin farq qiladigan 
    belgilariga asoslanmaganligi sababli amalda sun'iy sistemani afzal ko‘rdi va u faqat 
    tabiiy sistema tuzilguncha xizmat qilishini, sun'iy sistema o‘simliklarni tanib 
    olishga, tabiiy sistema esa o‘simliklarning tabiatini bilishga o‘rgatishini qayd qildi. 
    Linney hayvonlarni ham sistemaga soldi. Bunda ularning qon aylanish va nafas 
    olish sistemasini asos qilib oldi. Uning sistemasida barcha hayvonlar 6 sinfga 
    bo‘lindi. Ular sut emizuvchilar, qushlar, amfibiyalar (sudralib yuruvchilar, suvda 
    ham quruqda yashovchilar), baliqlar, hasharotlar hamda chuvalchanglar sinfi edi. 
    Hozirgi zamon sistemasidan farq qilib, hayvonlarni klassifikatsiyalashda Linney 
    oddiydan murakkabga qarab emas, balki murakkabdan oddiyga tomon borgan. 
    Aslini olganda, bu sistema antik dunyo olimi Aristotel sistemasidan farq qilmagan. 
    Linneyning umurtqali hayvonlar sistemasi to‘g‘risidagi fikrlari nisbatan to‘g‘ri 
    bo‘lsada, umurtqasiz hayvonlarda uning sun'iyligi ko‘zga yaqqol tashlanib qoldi. 
    Umurtqasiz hayvonlarning hasharotlardan tashqari barcha vakillari chuvalchanglar 
    sinfiga kiritilishi bunga yaqqol misoldir. Hayvonlar sistemasining sun'iyligi 
    umurtqali hayvonlar sinflari ichidagi kategoriyalarda ham namoyon bo‘ldi. 
    Masalan, tish sistemasining tuzilishiga qarab, Linney kaltakesak, yalqov, 
    chumolixo‘r, morj va filni bir turkumga, tumshug‘ining tuzilishiga qarab, tovuq va 
    tuyaqushni boshqa turkumga kiritgan. Biroq Linney sistemasida ko‘p hayvonlar 


    to‘g‘ri joylashtirilgan. Chunonchi, uning sut emizuvchilar, qushlar, baliqlar 
    to‘g‘risidagi sistemasi hano‘zgacha o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q. Ko‘p 
    turkumlar ham kelib chiqishiga ko‘ra qarindosh bo‘lgan hayvonlarni o‘zida 
    mujassamlashtirgan. Kemiruvchilar turkumiga olmaxon, jayra, baliqsimon sut 
    emizuvchilarga kashalot, kit, delfinlarning kiritilishi aytib o‘tilgan fikrga yaqqol 
    misoldir. Linney hayotining so‘nggi yillarida to‘plagan juda ko‘p dalillarga 
    asoslanib, tur ichida o‘zgarish sodir bo‘lishini, tur xillari iqlim, tuproq, shamol, 
    oziq va boshqa omillar ta'sirida paydo bo‘lishini qayd qildi. «Tabiat sistemasi»ning 
    10 nashridan boshlab Linney juda ehtiyotkorlik bilan «bir avlodga kiruvchi turlar 
    dastlab bir tur bo‘lgan, keyinchalik ular chatishib, pushtli duragaylar berish orqali 
    ko‘paygan bo‘lishi mumkin» deydi. U qamishning 4 ta turi o‘zaro o‘xshashligini 
    ta'kidlab, «ular bir vaqtlar yagona bir turdan vujudga kelgan bo‘lishi mumkin» deb 
    taxmin qilgan. 

    Download 1,32 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     K.Linneyning sistematika faniga asos solishi

    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish