O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/106
Sana27.05.2024
Hajmi1,32 Mb.
#255327
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   106
Bog'liq
BIOLOGIYA

Interfaza
ni 
boshidan 
kechirgan 
hujayrada 
DNK 
molekulasining 
replekatsiyasi ro‘y berib, hujayra genetik materiali diploid (2p) to‘plam 
xromosomaga ega bo‘lsada, DNK miqdori ikki hissa oshgan (4s) bo‘ladi. 
Profaza I
ning leptotena davrida aslida 2 xromatidadan iborat xromosoma 
iplari ingichka, noziq ipchalar hosil qiladi. Hromosomaning zichlanishi, 
spirallashishi bilan xromatida iplari ko‘rina boshlaydi va xromomerlar yaqqol 
ko‘zga tashlanadi. 
Zigotena
davrda ikkita gomologik xromosoma o‘zarotortiladi va bir- biriga 
xromomerlari bilan jipslashadi. Bu jarayonga xromosomalarning kon'yugatsiyasi 
(yoki sinapsisi) deyiladi. Gomologik xromosomalarning mana shunday juftlashishi 
bivalentlar hosil qiladi. 
Paxitena 
davrda xromosomalar spirallanishining davom etishi bilan ular 
yo‘g‘onlashadi. Yo‘g‘onlashish gomologik xromosomalarda bir vaqtda ro‘y 
beradi. Bivalent hosil qilgan gomologik xromosomalarning har biridagi ikkita 
xromatida aniq ifodalanadi. Ikkala xromatida ham xromomer bilan birlashgan 
bo‘ladi. Demak har bir bivalent hosil qilgan xromosomalarda 4 ta xromatida 
mavjuddir. O‘z navbatida bivalent tarkibidagi har bir xromosoma 2 xromatida - 
diada tutadi. O‘zaro chirmashib ketgan gomologik xromosomalararo ayrim 
qismlarning almashishi - chalkashishi (krossingover) ro‘y beradi. 
Diplotena
davrda paxitena davrning aksi bo‘lgan jarayon ro‘y beradi, ya'ni 
gomologik xromosomalar bir-biridan itariladi va har bir xromosomada 
xromatidalar yaqqol ifodalanadi. Bivalent gomologik xromosomaning xromomer 
qismining bir-biridan itarilishidan qolgan qismlarida o‘zaro kesishib qolgan joy - 
xiazma aniqlanadi. Bu xiazma bilangina gomologik xromosomalar tutashib turadi. 
Gomologik xromosoma qismlariaro almashishning morfologik ifodasi diploten 
bosqichidagi mana shu xiazmalarning hosil bo‘lishidir. 
Diakinez 
da xromosomaning har bir xromatidasi spirallashuv davomida 
qisqaradi, yo‘g‘onlashadi. Bivalentdagi har bir gomologik xromosomadagi 
xromatida yana ham ravshanlashadi - bivalent tetrada hosil qiladi. Xiazma susayadi 
(xromosomaning uchlarida saqlanib qoladi). Hujayradagi tetradalar soni 


xromosomaning gaploid to‘plamiga teng bo‘ladi. Bivalentdagi gomologik 
xromosomaning har biridagi juft xromatida sentromerasi bilan tutashib turgan 
bo‘ladi. Xromosomalardagi spirallashish jarayoni davom etaveradi. Shu vaqtga 
kelib, yadrocha yo‘qoladi, yadro membranasi parchalanadi va bo‘linish duki 
yaqqollashadi. 
Metafaza I
da bivalent gomologik xromosomasi ikkala sentromerasi bilan 
hujayra bo‘linish duklarining ekvator sathiga siljiydi hamda har bir 
xromosomaning sentromerasiga, alohida qutbdan yo‘nalgan bo‘linish duki 
birikadi. 
Anafaza I
da har biri 2 ta xromatida (diada) dan tashkil topgan gomologik 
xromosoma bir-biridan itarilib ajraladi va hujayra ikki qutbga tortiladi - 
hujayradagi bor xromosomalar tengma-teng ikki qutbga bo‘linadi. Mitozdagi 
anafazada qutbga bitta xromosomadagi 2 ta xromatida bir-biridan ajralib qutbga 
bo‘linsa, meyozda har bir qutbga yaxlit xromosoma - bivalent hosil qilgan har bir 
xromosoma qutbga alohida ajralib tarqaladi. 
Telofaza I
jadal ro‘y beradi va qutbdagi har bir xromosoma to‘plami atrofida 
yadro shakllanadi. Telofaza yakunida gomologik xromosomalar alohida 
hujayralarda joylashadi. Hujayradagi hromosoma soni 2 marta kamayadi 
(reduksiya bo‘ladi) va xromosomalarning gaploid to‘plamiga ega ikkita qiz hujayra 
hosil bo‘ladi. 

Download 1,32 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   106




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna

Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish