(monada) dan iborat.
Telofaza II
da monadalarning qutbga tortilishi yakunlanib, yadro qobig‘ining
shakllanishi va sitokinez ro‘y beradi. Demak, meyozning birinchi bo‘linish
bosqichida, bir-biriga jipslashgan ikkita gomologik xromosomaning har biri
alohida qiz hujayrasiga o‘tib, xromosomaning soni ikki marta kamaygan ikkita qiz
hujayra hosil bo‘lsa, ikkinchi bo‘linishda, shu har
bir qiz hujayrasidan ikkita
xromosomalar soni o‘zgarmagan, ammo xromosomasi xromatida - monadalardan
iborat bo‘lgan gaploid to‘plamli hujayralar hosil bo‘ladi.
Natijada meyozga
kirishgan har bir hujayradan 4 ta gaploid xromosoma to‘plamiga ega bo‘lgan jinsiy
hujayra yetiladi . Har bir organizmning rivojlanish takomillashuvi, o‘sishi,
ulg‘ayishi, qarishi va o‘limi yakunlanadigan to‘liq
hayot sikli ontogenez
hisoblanadi. Ontogenez jinsiy hujayralar paydo, bo‘lib, urug‘lanishdan boshlanadi.
Zigota hosil bo‘lishi bilan ontogenezning hamma bosqichlarida mavjudot
yashayotgan sharoitga mos ravishda irsiy axborot tasirining
natijasi sifatida
otogenez jarayoni amalga oshadi.