o‘zaro qo‘shiladi. Bunday ko‘payish - gametogamiya
evolyusiya taraqqiyoti
davomida murakkablashib borgan. Gametogamiyaning ikki shakli tafovut etiladi:
Kopulyasiyali va kopulyasiyasiz gametogamiya. Jinsiy ko‘payishning
kopulyasiya bilan kechadigan xili jinsiy hujayralarning hosil bo‘lishi va ularning
qo‘shilib, yangi sifatli hujayra - zigotaning hosil bo‘lishi bilan ro‘y beradi.
Evolyusiya taraqqiyoti jarayonida urg‘ochi va erkak jinsiga
mansub hujayralararo
farqlanish kuchayib boradi. O‘z navbatida kopulyasiya bilan ro‘y beruvchi
gametogamiyaning 3 xili: izogamiya, geterogamiya va oogamiya tafovut qilinadi.