• Jinsiy ko‘payish
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/106
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #255327
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106
    Bog'liq
    BIOLOGIYA

    Vegetativ ko‘payish
    - o‘simliklarning yo‘qolgan qismini yoki organini 
    tiklashga, ya'ni regeneratsiya hodisasiga, shuningdek, ayrim tana qismlaridan bir 
    butun o‘simlik paydo qila olish xususiyatiga asoslangan. Gulli o‘simliklarning 
    vakillari poya, ildiz, shuningdek, ildizpoyalari, piyozboshlar hamda tuganaklar 
    yordamida vegetativ ko‘payadi. 
    Ona o‘simlikdan qirqib olingan, vegetativ ko‘payish uchun xizmat qiluvchi 
    o‘simliklarning bir qismiga qalamcha deyiladi. Qalamchalar ko‘pincha 
    o‘simliklarning novdalaridan tayyorlanadi. Tok, terak, tol, va anorlar qalamcha: 
    olcha, atirgul, siren, tou -sag‘iz, qrim-sag‘izlar ildizlari bilan begoniyaning ayrim 
    turlari, binafsha va gloksiniyalar esa bargi orqali ko‘payadi 
    Jinsiy ko‘payish
    . Jinsiy ko‘payish natijasida genetik informatsiyaning 
    almashinuvi, hosila individda yangi genetik to‘plamning vujudga kelishi va shunga 
    monand ravishda o‘zgacha (o‘zgargan) biologik xususiyatga ega bo‘lgan ya'ni ota-
    ona organizmiga qaraganda chidamli, moslashuvchan yangi avlod yuzaga keladi. 
    Mana shunga ko‘ra ham jinsiy ko‘payish biologik jihatdan afzal va 


    mukammallashgan organizmlarning ko‘payish xili hisoblanadn. Jinsiy ko‘payish 
    odatda ikki jinsiy hujayra gametalarning ko‘shilishi bilan ro‘y beradi. Jinsiy 
    ko‘payishning bunday gametalarning ko‘shilishi bilan sodir bo‘lishi ham 
    evolyusion tarzda, asta- sekin yuzaga kelgan. Jinsiy ko‘payishning eng qadimiy - 
    ibdidoiy ko‘rinishi plazmogamiya xodisasida namoyon bo‘ladi. Plazmogamiyada 
    (ayrim amyobalarda sodir bo‘luvchi) ikki hujayra qo‘shilib ikki yadroli tuzilma 
    hosil qiladi. Qisqa muddatdan so‘ng hujayra sitoplazmasi qayta ikkiga bo‘linadi 
    har bir hosila hujayra avvalgi yadrolardan biriga ega bo‘ladi. Har bir amyobaning 
    sitoplazma tarkibi aralashgan, ya'ni ikkita qo‘shilgan amyoba, sitoplazmasidan 
    iborat bo‘ladi. Mana shu sitoplazma mahsulotining aralashishi bilan hosil bo‘lgan 
    nndivid - amyoba o‘zgacha xususiyatga ega bo‘ladi. Jinsiy ko‘payishning 
    anchagina murakkablashgan xillarini 2 guruhga ajratish mumkin: konyugatsiya, 
    kopulyasiya. 

    Download 1,32 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna

    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish