androgenez.
Partenogenezda
yangi avlod urug‘lanmagan tuxum hujayrasidan rivojlanadi.
Ma'lumki, partenogenez tabiiy va sun'iy bo‘lishi mumkin. O‘z
navbatida tabiiy
partenogenezining muqarrar (obligat), fakultativ va siklik xillari tafovut qylinadi.
Muqarrar partenogenezda hayvonlar (o‘simlik biti, sodda qisqichbaqasimonlar,
ayrim baliq va sudralib yuruvchilar) qo‘ygan tuxumi urug‘lanmasdan turib yangi
organizm hosil bo‘ladi. Bu hosil bo‘lgan organizmlarning barchasi urg‘ochi
bo‘ladi. Bunday ko‘payish bir-biri bilan uchrashishi qiyin bo‘lgan (masalan,
Kavkazning qoya kaltakesaqlari) mavjudotlarda namoyon bo‘ladi. Bu turda ro‘y
beradigan ushbu obligat partenogenez tur ravnaqi
uchun maqsadga muvofiq
ko‘payish usulidir. Fakultativ partenogenez ayrim hasharotlar (ari, chumolilar) da
namoyon bo‘ladi. Ularning urug‘lanmagan tuxumidan erkak ortanizmlar,
urug‘langan tuxumlaridan urg‘ochi organizmlar rivojlanadi.
Siklik partogenezda muqarrar partogenez ko‘payish bilan bir qatorda,
populyasiyadagi erkak va urg‘ochi organizmlardan jinsiy ko‘payish
ham sodir
bo‘ladi. Masalan, ayrim sodda qisqichbaqasimonlar (dafniyalar) asosan