haroratda o‘sishga moslashgan yoki o‘sish imkoniyatiga ega bo‘lgan
o‘simliklardir. yer sharining shimoliy kengliklarida o‘suvchi qarag‘ay, tilog‘och,
qoraqarag‘ay kabi daraxtlar sovuqqa chidamli turlardir. O‘simliklarni sovuqqa
chidamli deganda uzoq muddat + 1 dan + 10 gradusgacha bo‘lgan sharoitda
yashashiga, o‘ta chidamli deganda minus haroratda ham yashashiga tushuniladi.
Tropik va sub tropik o‘lkalarda o‘suvchi o‘simliklar harorat nol gradusga
tushganda halok bo‘ladi. Ba'zi sovuq iqlimda o‘sadigan o‘simliklardan tilog‘och -
62 S
0
ham halok bo‘lmaydi. Sovuq haroratda o‘simliklarning turli organlari har xil
darajada shikastlanadi. Dastlab gul va barg keyinchalik poya va novda, so‘ng ildiz
zararlanadi. Ba'zi bir bakteriyalar va suv o‘tlari juda past haroratda (-30 °S dan -
35°S gacha ) ham yashab qoladi.
Suv. Suv ekologik omillar ichida eng muhim ekologik omil bo‘lib, o‘simliklar
qoplamiga ahamiyati juda katta. Ma'lumki o‘simliklar tanasinint 50-90 % suvdan
iborat bo‘ladi. Sitoplazma tarkibida suv mikdori 85-90 % ni tashkil etadi.
O‘simliklarning sersuv mevalarida, yumshoq barglarida va ildizlarida suv ko‘p
miqdorda bo‘ladi. Hattoki o‘simliklarning quruq holdagi spora va urug‘larida ham
suv bor. Ammo moyli ekinlar urug‘ida suv boshqa o‘simliklarga nisbatan kam
bo‘ladi. Suv tabiatda bug‘, suyuq va qattiq kristal shaklida mavjuddir. Suv barcha
moddalarni o‘zida eritgan holda o‘simliklarda transport vositasi sifatida xizmat
qiladi. Har qanday o‘simliklar qoplamiga suvning yetishmasligi bunda tub
o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. O‘simliklar suvni, asosan, tuproqdan
oladi. Bundan tashqari atmosfera yog‘inlari ( qor, yomg‘ir, do‘l, qirov, shudring,
tuman) hamda yer osti sizot suvlari hisobiga ham hayot kechiradi. Ko‘pgina,
cho‘llarda o‘suvchi
efemer
turlar suvni bahorgi yog‘inlardan oladi.
XIX asrning oxirlarida A. Shimper va ye. Verming o‘simliklarning suv
rejimiga bo‘lgan munosabatlarini o‘rganib ularni 5 ta ekologik gruppaga bo‘lgan.
Bular gidatofitlar, gigrofitlar, gidrofitlar, mezofitlar, kserofitlardir.