qismi suv qavatida bo‘ladigan o‘simliklar kiradi.
Bularga suv ayiqtovoni, suv
nilufari, g‘ichchak, o‘q barg va boshqalar misol bo‘la oladi.
Gigrofitlar
- bular quruqlik muhitida o‘sadigan o‘simliklar guruhi bo‘lib,
havo namligi yetarli bo‘lgan nam tuproq muhitida yaxshi o‘sadi. Gigrofit degan
so‘z, suv bug‘lari bilan to‘yingan havo sharoitida o‘sadigan o‘simlik degan
ma'noni anglatadi. Gigrofitlar sernam o‘rmonlarda, nam yerlarda,
botqoqliklarda
yaxshi o‘sadi. Qamish, savag‘ich, qiyoq, qo‘g‘a, sholi, hiloldoshlar oilasining ba'zi
bir vakllari bunga misol bo‘la oladi.
Mezofitlar
-suvga bo‘lgan talabiga ko‘ra kserofit bilan gigrofitlar orasidagi
o‘simliklar bo‘lib, o‘rtacha namlik sharoitida o‘sadi. Bu ekologik gruppaga
kiruvchi turlarning barg tuzilishida gigromorf va kseromorf tuzilish xususiyati
birlashgan bo‘ladi. Bularga bizning sharoitimizda o‘sadigan bargli daraxtlar, o‘tloq
va o‘rmon o‘tlari, madaniy o‘simliklar kiradi.
Kserofitlar
-bu ekologik gruppaga kiruvchi o‘simliklarning
xossalari
gigrofitlarnikiga qarama–qarshi ko‘rinishda bo‘ladi. Bular anchagina qurg‘oqchil
sharoitda- cho‘lda, chala cho‘l mintaqalarida o‘sadi. Kserofitlar ham o‘z navbatida
ikki gruppaga bo‘linadi. Bular quyidagi gruppalardir.
1.
Sukkulentlar
- tanasi ser suv, bargida suv zapasi ko‘p bo‘lgan, seret, ko‘p
yillik o‘simlik turlardir. Sukkulentlar ham o‘z navbatida ildiz sukkulentlilar, poya
sukkulentlilar,
barg
sukkulentlilarga
bo‘linadi.
O‘zbekiston
florasida
sukkulentlarning turi juda kam bo‘lib, ayniqsa ildizli sukkulentlar deyarli yo‘q.
Bargli sukkulentlarning poyalari yaxshi rivojlanmagan, barglari esa etli,
sersuv
bo‘lishi bilan harakterlanadi. Bularga semizak, agava, aloy o‘simliklari misol bo‘la
oladi. Poyasida suv to‘plovchi -poyali sukkulentlarning poyasi tikanlar bilan
qoplangan yoki tangacha bilan o‘ralgan bo‘lib, bargning vazifasini esa yaxshi
rivojlangan, yashil, etdor poyalar bajaradi. Bularga ba'zi bir sutlamalar, qorasho‘ra,
kaktus misol bo‘la oladi. Bularning ba'zi turlarida juda ko‘p miqdorda zapas suvlar
saqlanadi.
2.
Sklerofitlar
- qurg‘oqchilikka chidamli ko‘p yillik, poyasi dag‘al, ko‘pincha
barglari kuchli reduksiyalangan yoki tikonlarga,
tangachalarga aylangan, mexanik
to‘qimasi juda yaxshi rivojlangan sukkulentlarga qarama qarshi xususiyatga ega
bo‘lgan o‘simlik gruppalardir. Sklerofitlar suvsizlikka juda chidamli turlar bo‘lib,
tanasidagi 25% suvni yo‘qotganda ham o‘zgarish bo‘lmaydi. Bularga saksovul,
betaga, yantoq kabi turlar misol bo‘ladi.
Havo.
Atmosfera havosi yerning ma'lum qobig‘i
sifatida barcha tirik
organizmlar uchun, jumladan o‘simliklar uchun ham nihoyatda muhim ekologik
omil hisoblanadi. Atmosfera havosi o‘simliklarda boradigan fotosintez jarayonini
karbonat angidrid va nafas olish uchun kislorod bilan ta'minlaydigan manba bo‘lib
hisoblanadi. Atmosfera havosining tarkibi deyarli bir xil bo‘lib, o‘simliklar
tarqalgan barcha mintaqalarda 78,1% azot, 21% kislorod, 0,032 % karbonot
angidrid, 0,9% inert (azon va vodorod) gazlaridan iboratdir. Bundan tashqari havo
tarkibida ma'lum mikdorda suv bug‘lari bo‘ladi.
Havodagi kislorod deyarli
biologik jarayon natijasida kelib chiqadi, ya'ni fotosintez jarayonida hosil bo‘ladi.
Olimlarning ta'kidlashicha, 2 mln. yilda yerdagi deyarli hamma suv (taxminan 1,5
mlrd. km. kub.) «parchalanish-qaytarilish» siklidan o‘tib, «fotosintez- nafas olish»
holatini bosib o‘tadi. Ajralgan kislorod atmosfera kislorodini tashkil etadi.
Kislorod nafaqat atmosfera tarkibida mavjud bo‘lmasdan, balki tuprokda ham bor.
Urug‘ning unib chiqishi uchun tuproq tarkibidagi kislorod katta ahamiyatga ega.
Tuproqda kislorod yetishmasa, urug‘ning nafas olishi qiyinlashadi va urug‘ning
tinim davri cho‘zilib ketadi. Urug‘ yerdan ko‘karib chiqqach ham rivojlanish sekin
boradi. Atmosfera havosi tarkibidagi karbonot angidrid ham o‘simlik uchun asosiy
manba bo‘lib hisoblanadi. O‘simliklar har yili havodagi mavjud bo‘lgan karbonot
angidridning 6-7 foizidan nafas olish uchun foydalanadi. Atmosfera tarkibida
doimiy bo‘lmagan komponentlardan tutun va sanoat gazlari ham o‘simlikning
o‘sishiga, rivojlanishiga katta ta'sir ko‘rsatadi. Tutun va sanoat gazlariga bo‘lgan
sezgirlik, o‘simlik turlariga qarab har xildir. Misol uchun tog‘ terak va tilog‘och
buni tez sezadi va o‘sishi sekinlashadi, ko‘p holda nobud bo‘ladi.
Shamol.
Shamol ham ekologik jihatdan o‘simliklar qoplamiga katta ta'sir
ko‘rsatadigan omillardan biri hisoblanadi. O‘simliklarda shamol ta'sirida
transpiratsiya
hodisasi kuchayadi, turli darajada mexanik ta'sirlanish ro‘y beradi.
Ya'ni novdalari sinadi, barglari uzilib tushadi. Ildiz sistemasiga ta'sir etadi, natijada
o‘simlik qurib qoladi. Shu bilan birga shamolning o‘simliklar qoplamiga ijobiy
ta'siri ham bor.
1.
Anemofiliya
- bir pallalilar, ochiq urug‘lilar va ko‘pgina ikki pallalilarda
shamol yordamida gullarining changlanishi sodir bo‘ladi.
2.
Anemoxoriya
- ya'ni meva va urug‘larning shamol yordamida tarqalishidir.
Mayda urug‘li
qanotchali mevalar, dumalab yuruvchi o‘simliklar tuyaqorin,
akantafillium urug‘larini tarqatadi.
3. Kuchsiz shamol ba'zi bir zamburug‘ kasalliklarining oldini oladi