O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/106
Sana27.05.2024
Hajmi1,32 Mb.
#255327
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106
Bog'liq
BIOLOGIYA

8.3.
 
Abiotik omillar 
Abiotik omillarga iqlim, yorug‘lik, issiqlik, namlik, havo oqimi, shamol, suv, 
edafik-tuproq, orografik-relef omillari kiradi. 


Yorug‘lik. Quyoshdan taralayotgan yorug‘lik nuri barcha organizmlar uchun 
u yoki bu darajada ta'sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham yorug‘lik eng muhim 
hayotiy omillardan biri hisoblanadi. Quyosh nuri, ya'ni yorug‘lik omili 
o‘simliklarda bo‘ladigan fotosintez jarayonida, o‘simliklarning o‘sishi va 
rivojlanishi uchun zarur organik moddalar hosil bo‘lishida qatnashadi. Fotosintez 
jarayoni natijasida yutilgan yorug‘lik energiyasi bog‘langan kimyoviy energiyaga 
aylanadi. Yorug‘lik boshqa omillarga (suv, issiqlik) nisbatan yer yuziga bir xil 
taqsimlangan. Buni esa yer sharining yorug‘lik tanqisligi tufayli mutlaqo o‘simlik 
o‘smaydigan joy yo‘qligidan ham bilish mumkin. Tun uzoq bo‘ladigan qutb 
viloyatlarida o‘simliklarning sekin va kam o‘sishiga yorug‘lik emas, balki harorat 
sharoitining noqulayligi sabab bo‘ladi. 
Ma'lumki, o‘simlik yorug‘likni tabiiy holda faqat quyoshdan oladi. O‘simlik 
faqat tik tushgan yorug‘likni emas, tarqoq holda tushgan yorug‘likdan ham 
foydalanadi. Tik tushgan yorug‘lik o‘simlikning xlorofil donachalari va 
sitoplazmasini o‘ldirib, o‘simlikka salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Tarqoq tushgan 
yorug‘lik foydali bo‘lib, o‘simlik bunday yorug‘likni to‘liq o‘zlashtiradi. Sababi 
tarqoq, tushgan yorug‘lik sariq-qizil nurlardan iborat bo‘ladi. 
yer sharining har bir mintaqasida yorug‘lik sharoiti o‘ziga xos bo‘ladi. Cho‘l, 
dasht, baland tog‘ mintaqalari yorug‘lik bilan kuchli ta'minlangan bo‘lsa, aksincha 
g‘orlar yorug‘lik bilan kam ta'minlanadi. Shuning uchun ham har bir hududning 
yorug‘likka nisbatan moslashgan o‘ziga xos o‘simlik turlari mavjud bo‘ladi. 
Yorug‘likka bo‘lgan talabiga ko‘ra o‘simliklarni 3 ta guruhga bo‘lish mumkin: 
a) yorug‘ sevar o‘simliklar –
geliofitlar
guruhi. Bular yorug‘lik yetarli bo‘lgan 
sharoitda normal o‘sib rivojlanadi. Ushbu turlarning yorug‘lik bilan taminlanishi 
100 % ni tashkil etadi.
b) soya sevar o‘simliklar – 
ssiofitlar
guruhi. Bu guruhga mansub o‘simliklar 
yorug‘lik bilan kam ta'minlangan muhit o‘simliklaridir. Bular yorug‘likni ko‘p 
xohlamaydigan turlar bo‘lib, o‘simliklar qoplamining pastki pog‘onalarida yaxshi 
o‘sib rivojlanadi. Bunday turlarga xona va oranjeriya, issiqxona o‘simliklari, 
moxlar, poporotniklar, yong‘oqzorlarda o‘suvchi xina, tog‘binafsha, marvaridgul 


kabi turlarni kiritish mumkin. Soyada o‘sadigan o‘simliklar yorug‘likda o‘sadigan 
o‘simliklardan morfologik, anatomik va fiziologik xususiyatlari bilan keskin farq 
qiladi; 
v) oraliq o‘simliklar- (soyaga chidamli o‘simliklar) yuqoridagi ikki guruppa 
oralig‘ida uchraydigan o‘simlik turlari bo‘lib, bular ham yorug‘likka, ham soyaga 
ancha bardoshlidir. Bular odatda quyosh nuri bevosita tushadigan yerlarda yoki 
shunga yaqin joylashgan yerlarda ham yaxshi o‘sib rivojlanadi. Shu bilan birga 
quyosh kam tushadigan yerlarga ham tez moslashadi. Bularga o‘rtacha iqlim 
zonasidagi o‘rmon va o‘tloqlarda o‘sadigan qo‘ng‘irbosh, qoraqarag‘ay, shumrut 
madaniy o‘simliklardan qulupnay kabi o‘simlik turlari kiradi. 
yer sharining har xil geografik zonalarida kunning uzunligi turlicha bo‘ladi. 
Shimolda yorug‘lik intensivligi kuchsiz bo‘ladi. Yoritilish muddati uzoq bo‘ladi. 
Janubda esa kun ancha qisqa bo‘ladi. (Ekvatorda esa 12 soatga teng). Ammo 
yorug‘lik intensivligi yuqori bo‘ladi. Shimolda yorug‘lik intensivligi kam bo‘lib, 
uzoq muddat yorug‘likning davom etishi u yerdagi o‘simliklarning o‘sib 
rivojlanishiga yordam beradi va bularni 

Download 1,32 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna

Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish