• Jinsiy hujayralar
  • Gametogenez.
  • Maydalanish.
  • Gastrulyasiya.
  •  Organizmlarniyg individual rivojlanishi




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/106
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #255327
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106
    Bog'liq
    BIOLOGIYA

    7.2. Organizmlarniyg individual rivojlanishi. 
    Ontogenez - bu organizmlarning shaxsiy rivojlanishidir. Shaxsiy rivojlanish 
    atamasi ostida zigotadan tortib organizmlarning tabiiy o’limigacha bo’lgan davri 
    tushuniladi. Ko’p hujayrali o’simlik, hayvonlarning shaxsiy rivojlanishida 
    tubandagi o’xshashlik bor: 1) hujayralar sonining ortishi ya’ni o’sish; 2) rivojlanish 
    davomida hujayralarning tabaqalanishi, ixtisoslashishi; 3) morfogenez to’qima va 
    organlarning, belgi va xossalarning rivojlanishi. 
    Tuzilishi murakkab hayvonlar ontogenezi embrional va postembrional 
    davrlarga bo’linadi. Ko’p hujayrali hayvonlarda to’qimalar va organlarning hosil 
    bo’lishi odatda embrional davrda sodir bo’ladi. Yuksak o’simliklarda esa to’qima 
    va organlarning rivojlanishi yashash davrida ro’y beradi. Bir hujayrali 
    hayvonlarda, prokariot organizmlarda ontogenez ona hujayradan qiz hujayraning 
    hosil bo’lishi davriga to’g’ri keladi.. 
    Turli mavjudotlar individual rivojlanishi ontrgenezi o‘ziga xos keladi. 


    Ontogenezning ikki asosiy tipi farqlanadi: 1) bevosita (to‘g‘ridan to‘gri 
    rivojlanishi; 2) Bevosita rivojlanishi. Bevosita rivojlanishda tuxumdan chiqqan 
    yoki yangi tugilgan organizm ko‘rinishi jihatidan ona organizimiga o‘xshaydi va 
    faqatgina ayrim azolarining yetishmasligi, kichikligi, tana qismlarining unchalik 
    mutonosib bo‘lmasligi bilan farqlanadi, asta- sekin o‘sib borishi bilan ona 
    organizimi to‘la qiyofasiga ega bo‘ladi.
    Jinsiy hujayralar
    - gametalami hosil boiishi juda o‘xshash va bir qator 
    yuksak darajada ixtisoslashgan va aniq holdagi jarayonlardan iborat. Qo‘shilish 
    bilan yangi avlod hosil qiluvchi jinsiy hujayra (spermatazoid va tuxum hujayrasi) 
    ga gametalar deyiladi. Ulaming har biri awalgisini davomli va keyingisining 
    sababchisidir. Malumki, organizm tanasidagi gametalardan boshqa barcha 
    hujayralar somatik hujayralarni tashkil etadi. 
    Gametogenez.
    Gametogenez yuqori darajada differensirlashgan va qo‘shilib 
    yangi organizm hosil qila oladigan ikki jinsiy hujayra spermatozoid va tuxum 
    hujayrasini hosil bo‘lish jarayonidir. G ametogenez birlamchi jinsiy hujayraning 
    paydo bo‘lishi va uning jinsiy azoda o‘rnashishi va shu yerda ularning mitoz yo‘li 
    bilan ko‘payishi, so‘ng meyoz usulida xromosomalar sonini kamayishi, yetilib 
    shakllanib spermatozoid 
    hamda tuxum hujayralarini hosil bo‘lishi kabi o‘ta murakkab jarayonlarni bosib 
    o‘tadi. 
    Maydalanish.
    Zigota va undan hosil bo‘lgan hujayralarning mitoz bilan 
    bo‘linishi maydalanishdir. Maydalanishda hosila hujayralar bo‘linishi ro‘y bergan 
    sari ular maydalanib boradi va hujayralar bir- biriga zich joylashgan bo‘ladi. Biror 
    tasir natijasida hosila hujayralar bir-biridan uzoqlashib, kelsa uzoqlashgan 
    to‘daning har birida o‘lar holicha maydalash davom etadi va har bir to‘da alohida 
    organizmni hosil qiladi, natijada bir tuxumli egizaklar vujudga keladi. 
    Gastrulyasiya.
    Gastrulyasiya jarayoni murakkab bo‘lib, blastula hujayralarini 
    siljishi va o‘zaro tasiri natijasida ikki qavatli murtak hosil qiladi. Bu qavatlar 
    entoderma va entoderma-embrional varaqlar bo‘lib, ulardan uchinchi embrional 
    varaq-mezoderma bunyodga keladi. 


    Gastrulyasii 4 tipi tafovut etiladi: 
    1. Invaginatsiya (botib kirish); 
    2. Epiboliya (o‘rab ketishi); 
    3. Immigratsiya (ko‘chib o‘rnashish); 
    4. Delyaminatsiya (qatlamlarga ajralish). 

    Download 1,32 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Organizmlarniyg individual rivojlanishi

    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish