partenogenez bilan ko‘payadi. Kuz faslida erkaklari paydo bo‘lib jinsiy ko‘payish




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/106
Sana27.05.2024
Hajmi1,32 Mb.
#255327
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   106
Bog'liq
BIOLOGIYA


partenogenez bilan ko‘payadi. Kuz faslida erkaklari paydo bo‘lib jinsiy ko‘payish 
ham ro‘y beradi. Sun'iy partenogenezda tuxum hujayrasini turli ta'sirlar (kislota, 
kuchsiz elektr toki va b.) bilan qitiqlash natijasida shu gametadan yetuk organizm 
hosil qilishga erishiladi. Ushbu usul bilan ninaterililarda, chuvalchang, shiliqqurt, 
hasharot va hatto sut emizuvchilarda sun'iy partenogenezga erishilgan. Sun'iy 
partenogenez dastavval A.A.Tixomirov (1885 yilda) tomonidan ipak qurtining 
kapalaklarini yetishtirishda ko‘llanilgan. 
Ginogenez
partenogenezga yaqin bo‘lgan ko‘payish usulidir. Bu jinsiy 
ko‘payishda spermatozoid tuxum hujayrasiga kiradi, ammo spermatozoid va 
tuxum xo‘jayra yadrolari o‘zaro qo‘shilmaydi. Spermatozoid tuxum hujayrasiga 
kirib, unga ta'sir etadi - «qitiqlaydi, o‘zi keyingi jarayonlarda ishtirok etmaydi - 
yo‘q bo‘lib ketadi. Tuxum hujayralardan yangi organizm hosil bo‘ladi. Ginogenez 
ayrim baliqlarda uchraydi. Spermatozoidga tuxum yadrosi bilan qo‘shila 
olmaydigan darajada birorta ta'sir o‘tkazib, so‘ng tuxum hujayrasini urug‘lantirish 


bilan sun'iy usulda ginogenez paydo qilish ham mumkin. 
Androgenez usulida ko‘payish ginogenezga o‘xshasada, ammo tuxum 
hujayrasiga kirgan spermatozoid yadrosi tuxum hujayra yadrosi bilan 
qo‘shilmaydi, tuxum hujayraning yadrosi yo‘qolib, spermatozoid yadrosi saqlanib 
qoladi. Ko‘payishning androgenez usuli A.Astaurov (1937 yilda) tomonidan kashf 
etilgan. U ipak qurti tuxum hujayrasining yadrosini harorat ta'sirida nobud qilib, 
uni sun'iy urug‘lantirgan. Natijada hujayraning sitoplazmasi ona hujayraniki
yadrosi esa ota hujayraniki bo‘lib qolgan. Shu zigotadan erkak organizm 
rivojlangan. Androgenez genetikada belgilarning ota yoki onaga bog‘liqligini 
hamda sitoplazmaning belgilari yuzaga chiqishdagi rolini aniqlashda muhim usul 
hisoblanadi. 
Meyoz.
Ma'lum differensirlangan birlamchi jinsiy hujayra meyoz bo‘linishga 
kirishadi. Meyozda ketma-ket 2 marta (I va II) bo‘linish sodir bo‘ladi. Birinchi 
bo‘linish reduksion bo‘linish bo‘lib, xromosoma soni ikki karra kamaygan 2 qiz 
hujayra hosil bo‘ladi. Ikkinchisi ekvatsion (teng bo‘lgan) bo‘linish bo‘lib, 
reduksion yo‘l bilan bo‘lingan, xromosomasi gaploid to‘plamga ega bo‘lgan har 
bir hujayradan ikkitadan hujayra hosil bo‘ladi. Ekvatsion bo‘linish jarayoni xuddi 
hujayraning mitoz bo‘linishi kabi ro‘y beradi. Meyoz jarayoni mitoz bo‘linishdan 
keskin farq qiladi. Meyoz bo‘lnnish ketma-ket ro‘y beradigan, murakkab 
bosqichlardan iborat jarayondir. Bunda hujayra xromosomasi ma'lum tarzda 
qonuniy o‘zgarishlarga uchraydi. Meyozda interfazadan so‘ng birinchi 
bo‘linishdagi profaza I, metafaza I, anafaza I, telofaza I sodir bo‘ladi va so‘ng 
hujayra qayta interfazaga kirmaydi. Bunday hosila hujayrada interfazaga xos 
bo‘lgan DNK replikatsiyasi sodir bo‘lmaydi, hujayra yana to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ikkinchi bo‘linishga kirishib ketadi. Shuning uchun ham bu oraliq interfaza emas, 
interkinez deyiladi. Interkinez o‘ta qisqa vaqtni egallaydi. So‘ng, ikkinchi bo‘linish 
boshlanib ketadi va unda ham profaza II, anafaza II, metafaza II, telofaza II 
bosqichlari mavjuddir. Birinchi bo‘linish profaza I da xromosomada ko‘pgina 
jarayonlar ro‘y beradi. Bu bosqichning o‘zi bir qancha davrlardan iborat: liptoten, 
zigoten, paxiten, diploten, diakinez. 



Download 1,32 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   106




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



partenogenez bilan ko‘payadi. Kuz faslida erkaklari paydo bo‘lib jinsiy ko‘payish

Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish