darajasi ancha past bo‘ladi. Tog‘ mintaqasining shimoliy yon bag‘rida, asosan,
o‘rmon hosil qiladigan daraxtlar va butalarning turlari ko‘p o‘sadi. Daraxt va
butalarning qalin-zich o‘sishi joyning mikroiqlimini o‘zgartiradi, ya'ni nam uzoq
vaqt saqlanadi, tuproq unumdorligi yuqori bo‘ladi, chirindilar
miqdori boshqa tur
o‘simlikning o‘sishi uchun qulay muhit yaratadi. Janubiy yonbag‘irlarda
yorug‘sevar, issiqsevar turlar ko‘proq o‘sadi.
Orografik omillar mintaqalikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham har bir
mintaqa ikkita bosqichdan iborat, ya'ni pastki va balandki-yuqori mintaqalardan
iborat bo‘ladi.
Misol uchun, pastki tog‘ mintaqasi va yuqorigi tog‘ mintaqasi
mavjuddir. O‘simliklarning mintaqalar bo‘ylab tarqalishi hayotiy shakllariga ham
ta'sir ko‘rsatadi. Orografik omilning-relefning o‘simliklar qoplamiga ta'sir
ko‘rsatish darajasiga qarab 3 gruppaga bo‘linadi.
1. M a k r o r ye lye f- bular baland tog‘lar bo‘lib, dengiz sathidan har 100 m
ko‘tarilishi bilan havo harorati 0,5° S ga pasayib boradi.
2. M ye z o r yelye f - bunga asosan daryo o‘zanlari kirib,
bu yerda tuproq
namligi, oziq moddalar miqdori va tarkibi o‘ziga xos rol o‘ynaydi.
3. M i k r o r yelye f- uncha katta bo‘lmagan tepachalardan iborat bo‘ladi.
Bunday tepachalar cho‘l mintaqasida, adir mintaqasining tekis qismida kemiruvchi
jonivorlarning faoliyati natijasida hosil bo‘ladi. Bunday joylarda kserofil tur
o‘simliklar bo‘lib, tekis yerlarda o‘suvchi o‘simlik turlaridan bir oz farq qiladi.
Muhit deganda - tirik organizmlarni o‘rab olgan barcha biotik va abiotik
omillarning yig‘indisini tushunamiz.
Muhit quruqlik, havo, suv va yer ostidan
iborat bo‘ladi. Bundan tashqari, yashash sharoiti
degan tushuncha ham mavjud
bo‘lib, bularga tirik organizm uchun zarur bo‘lgan yorug‘lik, issiqlik, namlik,
havo, suv kiradi. Muhit ko‘plab elementlardan tashkil topgan bo‘lib, o‘simliklar
olamiga turlicha ta'sir ko‘rsatgani uchun ham ekologik omillar deb yuritiladi.
Ekologik omillarni quyidagi turlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi