• 8.1. Organizmlarga bevosita ham bilvosita tasir etuvchi omillar
  • Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/106
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #255327
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   106
    Bog'liq
    BIOLOGIYA

    Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar: 
    1.
    Organizmlarning ko‘payishi va xillari sanab bering? 
    2.
    Ontogenez tiplari haqida gapiring? 
    3.
    Ontogenez bosqichlarini ayting? 
    8-Mavzu: Organizm va muhit 
    Tayanch so‘z va iboralar: bevosita, bilvosita, liana, epifit, orografik, Makrorelef, 
    Mezorelef, Mikrorelef, Abiotik, geliofitlar, ssiofitlar, uzun kunli o‘simliklar, 
    fotoperiodizm, termoperi izm, termofil o‘simliklar, psixrofil o‘simliklar, 
    gidatofitlar, 
    gigrofitlar, 
    gidrofitlar, 
    mezofitlar, 
    kserofitlar, 
    anemofiliya, 
    anemoxoriya, netrofil va bazofil o‘simliklar, antropogen omillar 
    8.1. Organizmlarga bevosita ham bilvosita ta'sir etuvchi omillar 
    O‘simliklar qoplamidagi turlar -bir-birlariga 
    bevosita
    va 
    bilvosita 
    ta'sir 
    ko‘rsatadi. Parazitizm, simbiozlik holat, o‘simliklarning birbiriga mexanik ta'siri, 
    jamoadagi turlarning bir-birini siqib chiqarishi
    liana
    va 
    epifitlik
    hodisalari 
    bevosita ta'sirga misol bo‘la oladi. Jamoadagi o‘simliklarning o‘simliklarga tuproq, 
    iqlim, hayvon va mikroorganizmlar orqali bo‘ladigan ta'siri 
    bilvosita
    ta'sir deb 
    ataladi. 
    Hayvonlarning o‘simliklarga ta'sirini 
    zoogen
    omillar deb yuritiladi. 
    Fitotsenozga hayvonlar turli xil ta'sir etadi. Jamoadagi ba'zi turlarning 
    changlanishida hashoratlar, urug‘larning tarqalishida qushlar, hayvonlar ijobiy 
    ta'sir ko‘rsatadi. Ba'zi bir kemiruvchilar o‘simlik turlarining jamoada kamayib, 
    ba'zan yo‘q bo‘lib ketishiga ham olib keladi.
    O‘simliklar qoplamiga hayvonot dunyosi tuproq tarkibini turli xil yo‘llar bilan 
    ishlash orqali ijobiy ba'zan salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Tuproqniig unumdorlishni 
    oshirishda chuvalchanglarning xizmatini hammamiz yaxshi bilamiz. O‘rta Osiyo 


    cho‘llaridagi qumsichqonlarning tuproq tarkibiga ko‘rsatgan ta'siri o‘simliklar 
    qoplamiga katta zarar yetkazadi. Tuproqni kovlash, uyalar hosil qilish, nami kam 
    bo‘lgan tuproq namligini yanada kamaytiradi. Cho‘l o‘simliklarining qurib 
    qolishiga olib keladi. Bunday holni saksovulzorlarda saksovul ildizi bilan qisman 
    bo‘lsada oziqlanuvchi kemiruvchilarning ko‘rsatgan zararidan ham bilish mumkin. 
    Ildizi zararlangan saksovullar ko‘plab nobud bo‘ladi. 
    Umuman, o‘simliklar qoplamining hayvonlar ta'sirida payhonlanishi ham 
    ijobiy, ham salbiy ko‘rinishda bo‘ladi. Ijobiy ta'siri shundaki, po‘sti qalin 
    mevalarni yanchib urug‘larni tashqariga chiqaradi, urug‘ni tuproqga kiritadi, 
    chirindilarni aralashtiradi. Salbiy ta'siriga misol shuki kurtaklari yerning ustki 
    qismida joylashgan o‘simliklarni payhonlash, kurtagini yanchish, yosh novda va 
    poyalarni sindirish, hali pishib yetilmagan urug‘ va mevalarni tushirib tashlash eng 
    katta salbiy ta'sir turlaridan bo‘ladi. 

    Download 1,32 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   106




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar

    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish