3-rasm. Gulli o‘simliklarda chang donachalari (1) va murtak xalgachasining
(2) hosil bo‘lishi
.
Shunday qilib, murtak xaltachasining ikki tomonida 4 tadan urg‘ochi gameta
joylashgan ikkita qutb paydo bo‘ladi. So‘ngra har bir
qutbdan bittadan hujayra
murtak xaltachasining markaziga tomon o‘tadi. Murtak xaltachasining mikropile
qismida qolgan 3 ta hujayra
tuxum apparati
deyilib, ularning o‘rtadagi eng yirigi
tuxum hujayra
, yon tomondagilari
yo‘ldosh hujayralar
(sinergidlar) deb ataladi.
Murtak xaltachaning markazida joylashgan gaploid xromosomali 2 ta hujayra
markaziy
hujayralar
deyiladi va ular ko‘pincha urug‘languncha bir-biri bilan
qo‘shilmaydi. Murtak xaltachasining xalaza qismida joylashgan 3
ta hujayra esa
antipodlar deyiladi.
Demak, murtak xaltachasi, ya'ni makrospora yadrosining ketma-ket 3 marta
mitoz bo‘linishi natijasida gaploid xromosomali bir xil 8 ta yadro hosil bo‘ladi,
ulardan faqat bittasi yetilib, tuxum hujayraga aylanadi.