Yuqori kislotali tuproqlarda yaxshi o‘sib rivojlanadigan turlarga
atsidofillar
gruppasi
deb atalib, bularga, otquloq, g‘ozpanja , chernika kabi turlar misol
bo‘ladi.
Oqso‘xta, ajriqbosh, hilol, beda va sebarganing ba'zi turlari,
lavlagi kislotali
tuproqlarda yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Shuning uchun ham bu gruppa
o‘simliklarni
netrofil
o‘simliklar deyiladi.
Bazofil
o‘simliklar guruhi ishqoriy tuprokda yaxshi o‘sib, rivojlanadi. Bunday
turlarga qiltiqsiz yaltirbosh - dukkakdoshlarning ba'zi vakillari misol bo‘ladi.
Sho‘r tuproqli yerlar O‘rta Osiyoda ko‘p bo‘lib bu yerlarda qorasho‘ra,
qizilquyonjun, boyalich, oqboyalich, baliqko‘z, sho‘rbo‘ta, buyurg‘in, nayzaqora
kabi bir yillik o‘t o‘simliklar va butalar misol bo‘ladi. Bunday tur o‘simliklarga
galofitlar
deb ataladi. Bu turlar sho‘rlangan tuproqli muhitda yaxshi o‘sib xujayra
shirasining ostotik bosimi ancha yuqori bo‘ladi. P.
A Genkel galofitlarni uch
guruhga bo‘lgan.
1.
Eugalofitlar
-tanasida 10%gacha tuz to‘plovchi turlar (qorasho‘ra,
qorabargo‘t).
2.
Kriogalofitlar
-tuz ajratuvchi turlar yulg‘un, karmak, jayrono‘t.
3.
Glikogalofitlar
- xujayra shirasining baland osmatik bosimi tuzlarga emas,
organik moddalar, ayniqsa uglevodlarga bog‘liq bo‘lgan tur shuvoq, jiydalar.