(spiralni) hosil qiladi. Uning bitta to‘lik aylanasi o‘nta nukleotiddan iborat bo‘lib,
uzunligi 3,4 A ga teng. Qo‘sh zanjirning diametri ,esa 20
A ga teng, chunki
xalqasining uzunligi 12 A ga teng bo‘lgan purin asoslari, xalqasining uzunligi 8 A
bo‘lgan pirimidin asoslari bilan birlashadi. Tabiatda o‘simlik va hayvonlarning har
bir turida o‘ziga xos maxsus DNK bo‘lib, ularda nukleotidlar soni va joylashish
tartibi bir-biridan farq qiladi. DNK molekulasi ko‘plab nukleotidlar juftidan tashkil
topgan bo‘lib, masalan, odam DNK sida esa uch milliardga yakin nukleotid juftlari
borligi aniqlangan. Bir gen tarkibida o‘rtacha 1000 nukleotid jufti bo‘lib, shularda
irsiy axborot saqlanadi. Hujayra bo‘linishidan oldin (interfazada) undagi DNK
molekulalari ikki hissa ortadi, ya'ni reduplikatsiya xodisasi ruy beradi. Bunda DNK
ning qo‘sh spiral zanjiri bir uchidan ajrala boshlaydi (yarim konservativ) va
hujayra muhitida mavjud bo‘lgan erkin nukleotidlardan
yangi zanjirlar tuziladi,
yangi zanjir to‘ldirish prinsipiga muvofiq ravishda tarkib topadi. Natijada bir
molekula DNK o‘rniga nukleotidlar tarkibi xuddi shunday bo‘lgan ikki molekula
DNK vujudga keladi. DNK molekulasining ikki hissa oshishi (replikatsiyasi) ning
yana ikkichi usuli to‘g‘risida G.Sten (1957) yozadi: Qo‘sh zanjir buzilmasdan
(konservativ) yangi DNK molekulasi hosil bo‘ladi; Qo‘sh
zanjir buzilib,
bo‘laklarga ajralib (dispersion) yangi DNK zanjiri dastlabki DNK molekulasining
buzilishidan vujudga kelgan bo‘laklarning har xil tuzilmasidan hosil bo‘ladi. DNK
molekulasining replikatsiyasini tushunturuvchi yuqoridagi usullardan yarim
konservativ usul Uotson va Kriklar taklif qilgan DNK strukturasining tuzulishiga
mos keladi. Shu usulda hosil bo‘lgan DNK molekulasi oldingisiga aynan o‘xshash
bo‘ladi. DNK replikatsiyasining yarim konservativ usuli yukori tuzilgan hayvonlar
va o‘simliklarda yaxshi o‘rganilgan.
1883 yil M.Van Beneden gametogenez davrida reduksion bo‘linish,
ota va
ona xromosomalarining taqsimlanishi bilan bogliq degan fikrni aytdi. Keyinchalik
har bir turga kiruvchi, o‘simlik, hayvon hujayralaridagi xromosomalar soni doimiy
ekanligi aniqlandi.
V.Veysman irsiyatning asosi xromatin moddasi bilan bog‘liq degan fikrni
aytdi. Xromosom nazariyasining dastlabki rivojlanish davrida xromosomalar
doimiyligi, ular juft ekanligi (gomologik), meyoz bo‘linishida yangi hujayralarga
teng
taqsimlanishi, jinsiy hujayralar yetilish davrida 2 marta kamayishi,
urug‘lanishda yana qayta to‘liq (diploid) holatiga qaytishi aniqlandi.
T.Morganning (1911 y) laboratoriya sharoitida olib borgan kuzatishlari irsiyat
asoslarini o‘rganishni yanada yuqori pog‘onaga ko‘tardi. U o‘z tajribalarida genlar
xromosoma ichida joylashganligini drozofila vashshasida o‘rgandi.
1940 yillarga kelib xromosomalar tarkibini o‘rganish yanada chuqurlashdi.
Xromosoma tarkibi DNK va oqsildan iboratlgi aniqlandi. Bu davrda ko‘pchilik
olimlar irsiyatning asosi oqsil deb tushunar edilar. Keyinchalik irsiyatning asosi
oqsil emas, nuklein kislotalar bilan bog‘liqligi isbotlandi. Organizm beligi va
hususiyatlarining nasldan- naslga o‘tishida nuklein
kislotalar muhim ahamiyatga
ega ekanligi 1928 y. Angliya bakteriologi F. Griffits, keyinchalik 1944 yilda
Amerikalik mikrobiolog-genetik O.Everi bakteriyalar ustida olib borgan
tajribalarda aniqlandi.