• 6-rasm. F.Griffits tajribasi. O.Everi tajribasi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/106
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #255327
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106
    Bog'liq
    BIOLOGIYA

    Griffits tajribasi:
    DNKning genetik roli birinchi marotaba zotiljam kasalligini 
    qo’zg’atuvchi yumaloq shakldagi bakteriyalar-pnevmokoklarda isbotlangan. 
    Pnevmokoklardagi transformatsiya hodisasi 1928 yili ingliz bakteriologi F.Griffits 
    tomonidan ixtiro qilingan. Uning tajribasi pnevmokoklarning ikki S va R 
    shtammlari ustida o’tkazilgan. Bakteriyalarning S shtammi agar agar*dan 
    tayyorlangan quyuq ozuqa muhitida tekis, yorqin koloniya hosil qiladi. U 
    polisaxarid kapsulaga ega bo’lib sichqonlarga yuqtirilgach ular o’limiga sababchi 
    bo’ladi. Bakteriyalarning R shtammi kapsulasiz bo’lib, quyuq ozuqa muhitida 
    g’adir-budur koloniya hosil etadi va shtamm sichqonlarga yuqtirilganda, ular omon 
    qoladilar. 
    Tajribada S shtammli bakteriyalar 65-70° S issiqlik ta'sirida o’ldirilgach, 
    ularning patogenlik xususiyati yo’qolgan. F.Griffits tajribalarining birida o’lgan S 
    shtamm qoldig’i bilan tirik R shtamm bakteriyalar aralashgan holda sichqonlar 
    tanasiga yuqtirilganda, ba'zi bir sichqonlarning o’lganligi kuzatilgan. O’lgan 
    sichqonlar qoni tekshirilganda ularda tirik S bakteriyalar borligi aniqlangan. 
    Boshqa sichqonlarga issiqlik ta'sirida o’lgan S shtammli bakteriyalar yoki tirik 


    R bakteriyalar alohida-alohida yuborilganda sichqonlar o’lmay, tirik qolgan (6- 
    rasm). O’tkazilgan tajriba asosida agar o’lgan S bakteriya va tirik R shtamm birga 
    bo’lsa, u holda R shtamm o’lgan S shtamm xossasiga ega boTishi mumkin degan 
    xulosaga kelindi. Lekin olim S shtamm bakteriyalarni qanday moddasi irsiy 
    xossani tashib yurishini bila olmadi. 
    6-rasm. F.Griffits tajribasi. 
    O.Everi tajribasi
    . Pnevmakok bakteriyalarning 2 xili streptomitsinga chidamli 
    va chidamsiz shtammlari ustida tajriba olib bordi. O.Everi tajribasi bakteriyalarda 
    qanday modda irsiy xususiyatni (trapsformatsiyaga sabab bo‘lganini) 
    o‘zgartirganini aniqlab berdi. Laboratoriya sharoitida probirkada streptomitsinga 
    chidamli bakteriyalarni parchalab, uning DNK moddasi ajratib olindi. Olingan toza 
    DNK chidamsiz bakteriyalar o‘tayotgan muhitga o‘tkazildi va kuzatib borildi. 
    Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, streptomitsinga chidamli bakteriyalar DNK 
    moddasi ta'sirida, ikkinchi probirkada o‘sayotgan chidamsiz bakteriyalar shtammi 
    antibiotikka chidamli bo‘lib qolgan. O.Everining bu tajribasi DNK-ni irsiyatga 
    to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi borligini isbotladi. Bu hodisa irsiyat va o‘zgaruvchanlik 
    qonuniyatlarini molekulyar darajada o‘rganishga asos soldi. 
    Streptomitsinga Chidamli bakteriya DNK si Irsiyati o‘zgargan 


    Chidamli bakteriya — bakteriya DNK moddasi bo‘lgan 

    Download 1,32 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna

    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish