Takroriy va tahliliy chatishtirish




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/106
Sana27.05.2024
Hajmi1,32 Mb.
#255327
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106
Bog'liq
BIOLOGIYA

11.2.Takroriy va tahliliy chatishtirish 
Birinchi avlod duragayini gomozigota holdagi dastlabki ota yoki ona 
organizmi bilan chatishtirishga 
takroriy chatishtirish
yoki bekkros deyiladi. 
Takroriy chatishtirish natijasida olingan avlod F
b
bilan belgilanadi. Demak, 
takroriy chatishtirishda Aa x AA yoki Aa x aa sxemada o’tkaziladi. 
Dominant belgili organizmlar genotipi gomozigota yoki geterozigota 
ekanligini aniqlashtirish uchun 
tahliliy chatishtirish
olib boriladi. Bunda tahlil 
qilinayotgan organizm retsessiv belgili organizm -aa bilan chatishtiriladi. Agar 
bunday chatishtirishdan olingan F
b
duragay bir xil belgili bo’lsa, u holda 
chatishtirishda qatnashgan dominant belgili organizm gomozigota, mabodo F
b
da 
ham dominant belgili, ham retsessiv belgili organizmlar rivojlansa, u holda 
chatishtirishda qatnashgan dominant belgili organizm geterozigota hisoblanadi. 
 
11.3.Diduragay va poliduragay chatishtirish 


Duragaylash uchun olingan ona va ota organizmlar bir-birdan ikki juft 
qarama-qarshi belgilari bilan farq qilsa, ular diduragay chatishtirish deb ataladi. 
G.Mendel diduragay chatishtirish uchun sariq, silliq donli no‘xot bilan yashil 
burushgan (g‘adir-budur) donli no‘xotni chatishtiradi. Natijada olingan 
duragaylarning birinchi avlodi (F
1
) sarik, silliq donli bo‘lib chiqadi. Bu tajribada 
donning sariq va silliq belgilari dominant, yashil va burishgan belgilari retsessiv 
belgilar ekanligi ma'lum bo‘ldi. 
Mendel duragaylarning birinchi avlodini o‘zidan changlatib, ikkinchi avlodini 
oldi va ularda dominant hamda retsessiv belgilarning nisbati 9:3:3:1 bo‘lishini, 
ya'ni har 16 ta dondan 9 ta sariq, silliq donga; 3 ga yashil silliq; 3 ta sariq 
burushgan va 1 ta yashil burushgan don hosil bo‘lishini (har 16 ta donning 9 tasi 
dominant belgilarga. 1 tasi retsessiv belgilarga. 6 tasi aralash belgilarga ega bo‘lib 
chiqishini) aniqladi. 
Tajribada ona va ota o‘simliklariga xos bo‘lmagan yashil, silliq va sariq
burushgan donlarning olinishini G.Mendel har xil juft belgilarning mustaqil 
holatda nasldan-naslga o‘tish qonunidir, deb ta'rifladi. Keyinchalik bu qoida 
Mendelning uchinchi qonuni deb nomlandi. 
Mendel qonunlarida duragaylarning fenotip va genotip bo‘yicha parchalanish 
nisbatlari berilgan. 
Fenotip bu organizmning belgi va xususiyatlaridir. Genotip esa shu belgi va 
xususiyatlarni nasldan-naslga olib o‘tadigan genlardir. Belgi va xususiyatlarning 
rivojlanishi uchun ma'lum shart-sharoitlar kerak. Aks holda organizmda gen bo‘la 
turib, belgi yoki xususiyat yuzaga kelmasligi mumkin.
Bir-biridan uchta na undan ortiq alternativ belgilar bilan farq qiladigan 
organizmlarni chatishtirish poliduragay chatishtirish deyiladi. Poliduragay 
duragaylarning ikkinchi bo‘g‘inida (F

da) belgilar bo‘yicha ajralish diduragay 
duragaylariga nisbatan ancha murakkab bo‘lib, ularda ham irsiyat qonuniyatlari 
kuzatiladi. 
Agar diduragay chatishtirishda hosil bo‘ladigan gametalar soni 4 tani, ular 
kombinatsiyasi 16 ta bo‘lib, sinflar soni fenotip bo‘yicha 4 tani, genotip bo‘yicha 


esa 9 tani tashkil etsa, triduragay chatishtirishda hosil bo‘ladigan gametalar soni 8 
tani, ular kombinatsiyasi 64 ta bo‘lib, sinflar soni fenotip bo‘yicha 8 tani, genotip 
bo‘yicha 27 tani tashkil etadi. 

Download 1,32 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish