F
2
da belgilarning nisbatini 9:3:4 sxemada bo’lishi.
Ayrim
holatlarda
chatishtirishda qatnashayotgan individlarning bir dominant allel geni faol bo’lib
belgiga ta'sir ko’rsatishi, ikkinchi allel bo’lmagan dominant gen esa gomozigota
holatdagi retsessiv allel bilan birga belgiga ta'sir ko’rsatmasligi mumkin (8-rasm).
Bunga misol tariqasida sichqonlarda yung rangini irsiylanishini olamiz. Sichqonlar
yungi oq, qora va aguti holatda bo’ladi. Aguti rangli
sichqonlarda har bir yung
tolasi bo’ylab sariq rangli halqalar ko’zga tashlanadi. Yung asosi va uchida esa
qora pigment bo’ladi. Yung tolalarida pigmentlarning bunday zonar bo’lishi
quyonlarda ham kuzatiladi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha aguti sichqonlarda
rangni bo’lishi bir genga, pigmentni yung tolasi bo’ylab taqsimlanishi boshqa allel
bo’lmagan genga bog’liq. Qora yungli sichqonlarda
pigment zonar tipda
taqsimlanishi uchramaydi. Pigment tola uzunligi bo’yicha bir xil taqsimlangan
bo’ladi. Oq sichqonlar yungida esa pigment bo’lmaydi.