Mendel aniqlagan xulosalarga keldilar. Shundan so‘ng Mendelning ishlariga
qiziqish ortib bordi va uning ochgan qonunlari fanda tan olindi.
Mendel ishining
muvoffaqiyatli chiqishiga sabab shunda ediki, uning ish uslubi boshqa olimlarning
ishlaridan farq qiladi.
No‘xot o‘simligida olib borilgan tajribalarda Mendel qo‘llangan ish uslubi
quyidagilardan iborat edi:
1. Chatishtirish uchun olingan no‘xot navlari bir-biridan keskin farq qiluvchi
belgilarga ega edi.
2. Har bir o‘simlikdan olingan avlodning yakka-yakka alohida ekib taxlil
qilib o‘rganadi.
3. Duragay o‘simliklar avlodining belgilarini naslga o‘tishini miqdor
jihatdan, bir-biridan farq qilishini hisoblab, ya'ni sanash yo‘li bilan kuzatib bordi.
Tajriba olib borishning bu usuli irsiyatning o‘rganishining yangi usuli edi.
G.Mendel irsiyat qonunlarini o‘rganish uchun tajriba olib borgan no‘xot o‘simligi
o‘zidan changlanuvchi bo‘lib, irsiy toza hisoblanadi va uning har xil navlari, su'niy
yo‘l bilan oson chatishadi. Genetik tahlil o‘tkazishda,
irsiy belgilarni nasldan-
naslga o‘tishini o‘rganishda har xil jinsdagi ikki organizmni chatishtirish kerak.
Mendel o‘z tajribalarida avval bir keyin ikki, uch va hokazo belgilar naslga
o‘tishini alohida o‘rgandi. Mendel sariq donli ona o‘simlik gulini, yashil donli ota
o‘simlik changi bilan changlatadi. Olingan F
1
birinchi
avlod sariq donli bir xil
ekanligini aniqladi. Bu hodisa ustun kelishlik (dominantlik) yoki bir xillik qoidasi
deb nomlanadi. Ustun kelgan belgilar - dominant belgilar, yengilgan (yo‘qolgan)
belgilar retsessiv belgilar deyiladi.
Mendel o‘z tajribalarida no‘xot o‘simligida 7 juft belgilarni naslga o‘tishini
o‘rganib dominantlik hodisasini tasdiqladi. Ikkinchi avlodda esa - G‘
2
duragaylarni
3
/
4
sariq,
1
/
4
yashil donli ekanligi kuzatildi. Masalan, Mendel tajribasida (15 ta F
1
o‘simliklarini ekib ikkinchi avlodda - F
2
8023 ga don olgan, ularni 6022 tasi sariq
va 2001 donasi yashil edi, ya'ni 3:1 nisbatga yaqin bo‘lgan. Demak,
xulosa qilib
aytish mumkinki, belgilar F
1
avlodida ko‘rinmasa ham, ikkinchi F
2
avlodida yana
qayta yashil - retsessiv belgi 3:1 nisbatda ajralib chiqadi.
Shuning uchun
Mendelning II- qonuni ajralish qonuni deyiladi.
G.Mendel birinchi marta tajribani harflar bilan yozish usulini taklif qildi:
tajribada ustun kelgan belgilar - A, yengilgan belgilar - a bilan yoziladi. Agar sariq
va silliq donli no‘xot navlari o‘zaro chatishtirilsa, bu chatishtirish monogibrid
deyiladi.
Gameta
A
a
A
AA
Aa
A
Aa
aa