5-rasm. Metafaza davridagi xromosomaning tuzilishi. 1- tashqi ko’rinishi.
2 – ichki tuzilishi.
Qutbli va elektron mikroskopiya kabi tadqiqot metodlari xromosomalarning
nozik tuzilishini o’rganishga imkon yaratdi. Har bir xromonema ikkita elementar
yig’indidan, ya’ni mikromolekulyar o’lchamli birlamchi ipchalardan tashkil topadi.
Birlamchi ipcha diametri 30 A
0
ga teng.
Spirallashish ikki ko’rinishda bo’ladi. Ularning biri mayda, ikkinchisi yirik
bo’ladi. Xromosomalar uzunasiga ayrim qismlar ko’proq spirallashadi, boshqalari
kam spirallashadi. Spirallashgan qism to’q rangda, kam spirallashgani och rangda
bo’ladi. Spirallashgan qism geteroxromatin, kam spirallashgan qism euxromatin
deb
nomlanadi.
Xromosomalarning
uzunasiga
tabaqalashganligi
gigant
xromosomalarda ayniqsa ko’zga tashlanadi, chunki ular 1000 dan ortiq
xromonemalardan iborat bo’ladi. Gigant xromosomalar chivin lichinkasining
so’lak bezi hujayralarida, so’ng drozofila lichinkasi so’lak bezlarida, o’simlik
hujayralarining endosperm va antipod yadrolarida topilgan.
Xromosomalarni maxsus bo’yoq moddalari bilan bo’yaganda uning turli
qismlari turlicha reaksiyaga kirishadi. Ayrim qismlari to’q rangga bo’yaladi, ular
geteroxromatin, och rangga bo’yalgan qismlari euxromatin qismlardir. Ular
turlicha genetik xususiyatga ega. Geteroxromatin qism irsiyat jihatdan nofaol, ular
xromosomalarning sentromeraga yaqin joyda ko’proq uchraydi. Euxromatin
qismlari esa faoldir.
10.1.
Nuklein kislotalar va ularning irsiyatdagi roli. DNK va RNK turlari
Xromosomalarning kimyoviy tarkibi 90-92% nukleoproteidlardan iborat.
Nukleoproteid dezoksiribonuklein kislotasi (DNK) va oqsil gistonlardan tashkil
topgan. Bundan tashqari, xromosomada RNK, kalsiy, magniy, temir ionlarining
birmuncha miqdori va gistonsiz oqsillar ham mavjud.
Irsiyatning moddiy asoslarini o‘rganish barcha tirik organizmlarda DNK
borligini ko‘rsatadi, faqat ayrim viruslar tarkibida RNK uchraydi. Elektron
mikroskopida olingan mikrofotografiyada DNK molekulasi uzun ipsimon shaklda
ko‘rinadi, uni parchalanishidan: azotli asos, uglevod- dezoksiriboza va fosfor
kislotasi ajralib chiqadi. DNK molekulasida azotli asoslardan 4 xil nukleotidlar:
adenin va guanin (purin xosilalari), sitozin va timin (pirimidin xosilalari)
qatnashadi. Demak DNK molekulasi ko‘p marta takrorlanuvchi elementar
zarrachalar - nukleotidlardan iborat. Nuklein kislota degan nom lotincha
«nukleus», ya'ni yadro so‘zidan olingan bo‘lib. ular yadroda topilgan.Hujayra
tarkibida 2 xil nuklein kislota DNK va RNK ma'lum bo‘lib, DNK asosan hujayra
yadrosida (avtanom organoidlar – plastid va mitoxondriyalar), RNK ega yadroda
ham, sitoplazma tarkibida ham uchraydi. Nuklein kislotalarning biologik ahamiyati
muhim bo‘lib, ular hujayrada oqsillarni sintezlanishida asosiy vazifani bajaradi.
Ribonuklein kislota -RNK molekulagi DNK ga nisbatan ikki marta kichik
bo‘lib 1 zanjirdan iborat. Uniig tarkibi ham o‘xshash bo‘lib: azotli asos, uglevod
(riboza) va fosfor kislotasidan tuzilgan.RNK tarkibida ham A, S, G nukleotidlari
bo‘lib, ammo timin uchramaydi, uning o‘rnida uratsil - U bor. Hujayrada 3 xil
RNK uchraydi axborot-A-RNK, transport-T-RNK, ribosomal-R-RNK.
A) DNK - ning bir zanjirdagi nukleotidlar tarkibi ikkinchi zanjirdagi
nukleotidlar tarkibiga qat'iyan bog‘liq va malum tartibda joylashadi. Bir zanjirda A
joylashgan bo‘lsa, uning ro‘parasida, ikkinchi zanjirda T bo‘ladi; bir zanjirda G
joylashgan bo‘lsa, ikkinchi zanjirda hamisha S bo‘ladi. Shunday qilib, A-T va G-S
juftida nukleotidlarning biri go‘yo ikkinchisnni to‘ldiradi. Bu to‘ldirish prinsipi
hujayra bo‘linganda yangi DNK molekulalari qanday sintezlanishini tushunib
olishga yordam beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, irsiy hossalarni ona
hujayradan qiz hujayraga o‘tishi yangi DNK molekulasini 2 hissa ortishi -
replikatsiyasiga asoslanadi. Hujayra bo‘linishidan oldin, undagi DNK molekulalari
ikki hissa ortadi, ya'ni replikatsiya hodisasi ro‘y beradi. Buning natnjasida DNK
qo‘sh spirali zanjirida yozilgan axborotga asosan irsiy belgilarni keyingi
hujayralarga berilishi amalga oshiriladi.
|