• Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar
  • -rasm. Qo’sh urug’lanish jarayoni




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/106
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #255327
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106
    Bog'liq
    BIOLOGIYA

    4-rasm. Qo’sh urug’lanish jarayoni. 
    O‘simliklarning urug‘lanishiga xos xususiyatlardan biri kseniya xodisasidir. 
    U chang donachasining endosperm belgi va xususiyatlariga bevosita ta'sir ortishi 
    natijasidir. Masalan, makkajo‘xorining bitta so‘tasida chetdan changlanish tufayli 
    har xil rangli (sariq donli so‘tada och binafsha, och qizil va h.k.) donlar hosil 
    bo‘lishi mumkin. 
    Bu jarayondan spermaning yadrosi endospermning rangini o‘zgartirish 
    xususiyatiga ega, degan xulosaga kelish mumkin. 
    9.3.
     
    Amfimiksis va apomiksis 
    O‘simliklar va hayvonlarning urug‘lanish (kariogamiya) yo‘li bilan 
    ko‘payishi amfimiksis, urug‘lanmasdan jinsiy ko‘payishi esa apomiksis deb 
    ataladi. Apomiksisning uch xili mavjud: 1) partenogenetik (partenogenez); 2) 
    ginogenegik (ginogenez); 3) androgenetik ko‘payish (androgenez). 
    Urug‘lanmagan tuxum hujayradan murtakning rivojlanishi partenogenez 
    deyiladi. Partenogenezning somatik (diploid) va generativ (gaploid) xillari bo‘ladi. 
    Somatik partenogenezda tuxum hujayra bo‘linmaydi, mitoz yo‘li bilan 
    bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan ikkita gaploid xromosomali yadrolar bir-biri bilan 
    qo‘shiladi va xromosomalarning diploid soni tiklanadi. 


    Ginogenezda murtak xaltachasiga kirgan spermiya (erkak gameta) 
    urug‘lanishdan ilgari nobud bo‘ladi, yangi organizm esa urug‘lanmagan tuxum 
    hujayradan rivojlanadi. Androgenezda sperma tuxum hujayraga kirib boradi, 
    tuxum hujayraning yadrosi esa qandaydir sabab bilan nobud bo‘ladi, urug‘lanish 
    amalga oshmaydi va yangi organizm tuxum xujayradagi spermaning yadrosidan 
    rivojlanadi. 
    Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar: 
    1. Changchi qanday hosil bo‘ladi? 
    2. Urug‘chi qanday hosil bo‘ladi? 
    3. Qo‘sh urug‘lanish
     
    xodisasini kim tomonidan kashf etilgan va qanday
     
    sodir 
    bo‘ladi? 
    4. Apomiksisning necha xili mavjud? 
    5. Partenogenez deb nimaga aytiladi? 

    Download 1,32 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish