g) yuqoridagi har uchala guruh organizmlarning o‘zaro bir biriga
ta'siri.
O‘simliklarning o‘simliklarga o‘zaro ta'siri
fitogen
ta'sir deb ham
ataladi.Fitotsenozdagi o‘simliklarning har bir turi yashash uchun kurashadi.
Yashab qolish uchun, naslini saqlab qolish uchun ko‘plab urug‘ va mevalar, spora
hosil qiladi. Ba'zi turlar har qanday sharoitda vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi.
Jamoadagi yuksak o‘simliklarga mikroorganizmlar ham, tuban o‘simliklar ham
ta'sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham har bir tur o‘z
naslini saqlab qolish uchun
urug‘ va sporalarni turli xil, shamol, suv, hayvonlar orqali tarqatishga moslashgan
bo‘ladi. O‘simliklar qoplamidagi turlar birga yashash jarayonida bir birlarini turli
omillardan foydalanish darajasini cheklab qo‘yishi mumkin. Misol uchun baland
bo‘yli, bargi ko‘p bo‘lgan turlar boshqa turlarni quyosh nuridan,
issiqlik
manbaidan, ildizi ko‘p tarmoqlangan turlar tuproq tarkibidagi mineral moddalarni
ko‘plab o‘zlashtirib, boshqa turlarni oziq moddalardan bebahra qoldiradi.
Tabiatdagi o‘simliklar qoplamiga qadim zamonlardan buyon inson u yoki bu
darajada ta'sir etib kelmoqda. Inson o‘simliklar qoplamiga ekologik omil sifatida
ongli va ongsiz ta'sir etib keladi. yerda hayot paydo bo‘lgandan
buyon insonning
biosferadagi ta'siri shunchalik ko‘payib ketdiki, hozirgi vaqtda inson ta'siriga
uchramagan o‘simliklar jamoasini topish juda qiyin. yer yuzida yashayotgan
kishilarning ehtiyoji va unga bo‘lgan talabini qondirish muammosini o‘ylasak
inson tabiatga juda katta ta'sir etuvchi omil ekanligini bilamiz.
Inson tabiatga, jumladan o‘simliklar qoplamiga ma'lum maqsad bilan ta'sir
ko‘rsatadi, Natijada juda katta ijobiy o‘zgarishlar qiladi. Ko‘plab madaniy
o‘simliklar yetishtiradi. Ko‘plab turlarni iqlimlashtiradi, serhosil
issiq va sovuqga
chidamli, manzarali navlar yaratadi. Insonning barcha yo‘nalishlar yo‘lida qilgan
ishlari doimiy ravishda o‘simliklar olamida ijobiy o‘zgarishlarga olib
kelavermaydi. Insonniig yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun, uy-joy,
turli xil imoratlar qurish uchun qilgan harakatlari natijasida O‘zbekiston sharoitida
ko‘plab archazor va pistazorlar yo‘q qilib yuborilgan. XX asrning boshlarida Hisor
va Turkiston tog‘laridagi archazorlar «ishbilarmonlar» ning «tashabbusi» bilan
Germaniyaga,
Amerikaga, Chexiyaga qalam ishlab chiqarish sanoatini yuritish
maqsadida sotilgan. Natijada birgina Zomin tog‘laridagi minglab gektar
archazorlar kesilib ketgan. Yoki temir yo‘llardagi paravozlarni yuritish uchun
Zarafshon,
Qashqadaryo, Katta Ural daryolaridan tog‘ning qanchalab archalari
kesib oqizilgan. Tabiatga, o‘simliklar qoplamiga insonning bunday salbiy
ta'sirlarni ko‘plab misol tariqasida keltirish mumkin. Insoniyat o‘zining o‘tgan ikki
ming yillik faoliyati davomida yer yuzasidagi yuz minglab gektar o‘rmonlarni yo‘q
qilib yuborgan. Cho‘llarni o‘zlashtirish
natijasida Qizilqum, Mirzacho‘l, Qarshi,
Surxon cho‘llarining tabiiy o‘simliklar qoplami keskin o‘zgarib ketgan. Bularning
hammasi ongsiz ta'sir natijasida yuzaga kelgandir. O‘simliklar qoplamini
o‘zgartirish, florani boyitish maqsadida ko‘plab ongli ijobiy ishlar bajarilmokda.
Asosan antropogen omillar ta'sirida o‘simliklar olamiga ko‘rsatilgan oqibatlar
natijasida O‘zbekiston “Qizil kitobi” nashr etildi va bunga 300 dan ortiq tur
muhofazaga muhtoj tur sifatida ro‘yxatga kiritildi.
yerda tiriklikning belgisi namoyon bo‘lganiga ikki
yarim milyard chamasida
yil bo‘lgan bo‘lsa, shu davrda o‘simliklar olamida ham ko‘plab o‘zgarishlar ro‘y
bergan. Turli xil o‘zgarishlar jumladan, iqlim o‘zgarishlari, geologik o‘zgarishlar
natijasida juda ko‘p turlar yo‘q bo‘lib ketgan. Bugungi kunda istalgan o‘simlik
turini topish mumkin emas. Ularni faqatgina qazilma holida topish, uchratish
mumkin. Planetamizda o‘simliklar qoplamining
shakllanishini ilmiy asosda
o‘rganishda tarixiy geologik omillarning roli katta.