9-Mavzu:
Gametogenez va urug‘lanish
Tayanch so‘z va iboralar:gametagenez, sporogenez, mikrosporogenez,
mikrogametogenez, makrosporogenez, makrogametogenez, ekzina, intina, tuxum
apparati, tuxum hujayra, sinergidlar, markaziy hujayralar, changlanish, qo‘sh
urug‘lanish, amfimiksis, apomiksis.
9.1.
Jinsiy xujayralar tug‘risida tushuncha
O‘simliklar bilan hayvonlar asosan jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Jinsiy
ko‘payish murakkab jarayon bo‘lib, erkak va urg‘ochi gametalarning hosil bo‘lishi.
ularning urug‘lanish (singamiya). erkak va urg‘ochi gametalar yadrosining
qo‘shilishi (kariogamiya) natijasida amalga oshadi. Jinsiy hujayralar (gametalar)
hosil
bo‘lishi
vaqtida
(meyozda)
gomologik
xromosomalarning
kon'yugatsiyalanishi va irsiy omillarning birikishi, urug‘lanishda
esa ota va ona
organimzmlarga xos irsiy omillarning qo‘shilishi yuz beradi. Jinsiy ko‘payish davri
gametalar hosil bo‘lgandan to yangi avlod paydo bo‘lgangacha (zigotagacha)
davom etadi.
O‘simliklarda erkak va urg‘ochi gametalarning (yetilgan jinsiy
hujayralarning) hosil bo‘lish
jarayoni
gametagenez
deb ataladi. U ikki bosqichda
o‘tadi.
Birinchi bosqich
sporogenez
deyiladi, bunda gaploid xromosomali jinsiy
hujayralar - mikro va makro (mega) sporalar hosil bo‘ladi. Ikkinchi bosqich
gametagenez
deyilib, bunda mikro va makrosporalarning yadrosi bir necha marta
mitoz yo‘li bilan bo‘linadi va gaploid xromosomali yetilgan jinsiy hujayralar hosil
bo‘ladi.
Gulli o‘simliklarda chang donachasi (mikrosmora) hosil bo‘lish jarayoni
mikrosporogenez
deyiladi. Chang donachasi yadrosining 2 marta mitoz yo‘li bilan
bo‘linishi orqali vegetativ (o‘sish) va generativ (urug‘lantiruvchi) yadrolar hosil
bo‘lishi hamda ulardan spermalar paydo bo‘lishi
mikrogametogenez
deyiladi.
Urg‘ochi jinsiy hujayra yoki murtak xaltachasining (makrosporaning) hosil bo‘lish
jarayoni makrosporogenez deyiladi. Makrospora (megaspora) yadrosining uch
marta mitoz yo‘li bilan bo‘linib, tuxum hujayra va murtak xaltachasidagi markaziy
hujayralar hosil bo‘lishi esa
makrogametogenez
deyiladi.
Mikrosporogenez
. O‘simlik gullaganda gul changdonining subepidermal
to‘qimasidagi somatik hujayradan maxsus spora (erkak jinsiy hujayra) hosil
qiluvchi hujayralar - arxesporalar paydo bo‘ladi.
Arxesporalarning har biri chang donachasini hosil qiluvchi ona hujayraga
aylanadi. Arxesporalar meyoz yo‘li bilan bo‘linib, bir-biriga birikkan 4 ta gaploid
xromosomali mikrospora (tetrada) hosil qiladi. Mikrosporalar yetilib, bir-biridan
ajraladi va 2 qavat qobiq bilan o‘ralgan chang donachalarga aylanadi.
Chang
donachasining tashqi qobig‘i
ekzina
deyiladi. U teshikchali, silliq yoki g‘adir-
budur bo‘ladi. Ichki qobig‘i esa
intina
deyiladi.