triplet yordamida, prolin, treonin, alanin, glisinlar to’rttadan, leysin, arginin,
serinlarni olti xil tripletlari ishtirokida polipeptid tarkibidan o’rin oladilar. 1981
yilga qadar yer yuzidagi barcha organizmlarda genetik kod bir xil degan fikr keng
tarqalgan edi. Lekin keyinchalik odam hujayrasidagi mitoxondriya DNK
tripletlarining funksiyasi o’rganilganda hujayra yadrosidagi genetik koddan farqli
ravishda AUA tripleti izoleysin o’rniga mitoxondriya genetik kodida metioninni
sintezlashi, AGA va AGG tripletlari argininni emas,
balki oqsil sintezini
tugallanganligini bildiruvchi terminator kodon ekanligi isbotlandi
Har bir amino-kislotaning tuzilishida 3 ta nukleotidni biriktirishdan hosil
bo‘lgan tripletlar ishtirok etadi. Masalan: metionin aminokislotasi bir triplet
(AUG): lizin - 2 ta tripletdan (AAA va AAG), izoleytsin - 3 ta (AUU, ATSU va
AUA) tripletlar nazoratidan yuzaga chiqadi.
Bir aminokislotani sintez qiluvchi,4 ta nukleotid birikmasi - triplet yoki
tripletli kod deyiladi. Hozirgi vaqtda bir qancha oqsillarda aminokislotalarni
joylashishi aniqlangan. Masalan: ribonukleoza oqsili 124
aminokislotadan iborat,
oqsilni sun'iy sintez qilish uchun aminokislotalarni navbatlanishini bilish zarur.
Uglevod va fosfor kislotasi hamma nukleotid tarkibida bir xil bo‘lib, faqat azotli
asos qismi farq qiladi. Demak DNK moddasining bir-biridan farqi azotli asos
qismini joilanishi bilan farq qiladi. DNK tarkibidagi azotli asoslar (nukleotidlar)
sintez bo‘layotgan oqsil molekulasida aminokislotalarni joylanish tartibini belgilab
berishi genetik kod yoki irsiyat kod deyiladi. Shuning uchun irsiy axborot DNK
molekulasida yozilgan deyiladi.
«Genetik kod»ni asosi ochilgandan keyin barcha 20 ta aminokislotalarning
(20 ta) tripletlari ham aniqlandi. DNKning 1 aminokislotasi sintez qiluvchi 3 ta
nukleotiddan iborat qismi Kodon deyiladi. Amerikalik bioximiklar M.Nirenberg va
S.Ochoa 1962 yilda oqsillar tarkibiga kiruvchi 20 ta aminokislota uchun
tripletlarning tarkibini aniqladilar.
Molekulyar genetikasida olib borilgan ko‘plab tajriba, ku- zatishlarida
to‘plangan ma'lumotlar asosida irsiyatning umumiy
nazariyasi quyidagi qabul
qilingan sxema tarzida ko‘rsatiladi:
DNK (transkripsiya) —►A-RNK (trapslyasiya) —►oqsil (Replikatsiya)
Replikatsiya DNK molekulasini 2 marta ortishi. Bunda boshlang‘ich DNK
qolip vazifani bajaradi.
Hujayrada oqsil sintezlanishi 4 bosqichda yuz beradi:
Birinchi bosqichda aminokislotalarni ATF ta'sirida aktivlanishi yuz beradi,
ya'ni bunda ATF energiyasi aminokislotalarniing birikishi maxsus ferment -
aminoanil - RNK - ginitaza katalizatorligida boradi. Natijada aktivlashgan
aminokislotallr o‘zaro yaxshi ta'sir etib polipeptid zanjiriga qo‘shiladi.
Sitoplazmada oqsil molekulasini sintez qilish uchun zarur bo‘lgan aminokislotalar
doim bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda aktivlashgan aminokislotalar T-RNK yordamida,
ribosomalarga ya'ni oqsil sintez bo‘ladigan joyga tashib boriladi. T-RNK
molekulagi A-RNK-ga qaraganda zanjiri kichik, 70-80 nukleotiddan iborat.
Aminokislota T-RNK-ni uchki qismiga birikadi. Barcha
RNK-larda aminokislota
birikuvchi qismi bir xil -SSA iukleotiddan iborat bo‘ladi. Xar bir aminokislotani
tashuvchi aloxida T-RNK mavjud bo‘lib, ya'ni 20 xil aminokislotani tashuvchi 20
xil T-RNK bor.
Uchinchi bosqichda aminokislotalar DNK tarkibidagi nuleotidlar tartibi
bo‘yicha ketma-ket joylashadi. Bu tartibda joylashish A-RNK-da yozilgan
axborotga muvofiq yuz beradi, Bir necha aminokislotalar birikib bir oqsil
molekulasini hosil qiladi, ya'ni R-RNK tarkibidagi ferment ta'sirida
murakkab
oqsil zanjirini hosil qiladi. Bu jarayon ribosomalarda peptidpolimeraza ferment
ta'sirida yuz beradi. Ribosomalar tarkibi oqsil va RNK-dan iborat bo‘ladi. Bu RNK
ribosomal RNK deyiladn.
To‘rtinchi bosqich. Bu davrda oqsil polipeptid zanjiri to‘liq shakllanadi. Hosil
bo‘lgan vodorod bog‘lar ta'sirida polipeptid oqsil zanjiri spiral shaklida buralib,
biologik aktiv (konfiguratsiya) holatiga o‘tadi.
Xulosa. Oqsil biosintezida DNK molekulasi yetakchi vazifani bajaradi va bu
jarayonni boshqaradi. DNK molekulasida joylashgan triplet kodlari joylanish
tartibiga muvofiq unda axborot RNK molekulasi snntezlanadi. Keyin shu A-RNK-
da yozilgan axborotga muvofiq bo‘lajak oqsil aminokislotalari yig‘iladi
Shunday qilib DNK molekulasi organizm belgi va xususiyatlari haqidagi irsiy
axborotni o‘zida saqlaydi va irsiyatni oqsil biosintezi orqali boshqaradi.