• 12.1. Генларнинг ўзоро таъсири. Генларнинг комплементар таъсири
  • Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/106
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #255327
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   106
    Bog'liq
    BIOLOGIYA

    Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar: 
    1.
    Genotip va fenotip tushunchalariga ta'rif bering. 
    2.
    Monoduragay, diduragay 
    va poliduragay chatishtirishlarni qanday 
    tushunasiz? 
    3.
    G.Mendelning birinchi, ikkinchi va uchinchi qonunlari qanday nomlanadi? 
    4.
    Dominant va retsessiv genlar deganda nimani tushunasiz? 
    5.
    Gomozigota va geterozigota organizmlar tushunchasini ifodalang. 
    6.
    Chala dominantlikda gomozigota va geterozigota organizmlar fenotipi 
    qanday farqlanadi? 
     
    12-Mavzu: Allelmas genlarning o‘zaro ta'siri natijasida belgilarning naslga 
    o‘tishi 
    Таянч сўз ва иборалар: polimeriya, kummulyativ polimeriya, 
    nokommulyativ polimeriya, transgressiya, pleyotropiya, modifikator genlar ta'siri, 
    ekspressivlik , penetrantlik. 
    Allel bo’lmagan genlarning o’zaro ta’siri. 3 xil bo’ladi. Bular komplementar, 
    epistaz, polimeriya. 
    12.1.
     
    Генларнинг ўзоро таъсири. Генларнинг комплементар таъсири 
    Komplementar so’zi inglizcha complement – to’ldirish degan ma'noni 
    anglatadi. Allel bo’lmagan genlarning o’zaro ta'siri komplementar xilining o’ziga 
    xos jihati shundan iboratki, F
    1
    duragayda chatishtirishda qatnashgan ota yoki ona 
    belgisi emas, balki yangi belgi rivojlanadi. Belgining rivojlanishiga ta'sir etuvchi 
    allel bo’lmagan genlarning qimmati bir xil emasligi tufayli F
    2
    avlodida 
    belgilarning rivojlanishi turlicha ko’rinishda namoyon bo’ladi. 
    F
    2
    da belgilarning nisbatini 9:3:3:1 nisbatda bo’lishi.
    Bunga misol 
    tariqasida xoldor to’tilarni chatishtirish bo’yicha o’tkazilgan tajriba natijasini 
    keltiramiz. Qush boquvchilarga tanish bo’lgan xoldor to’tilarning pati 4 xil: 
    havorang, sariq, yashil va oq rangda bo’ladi. Agar havorang urg’ochi to’tilar oq 
    patli erkak to’tilar bilan chatishtirilsa, F
    1
    dagi erkak va urg’ochi to’tilarning pati 


    havorang bo’ladi. Mabodo F
    1
    dagi erkak va urg’ochi to’tilar o’zaro chatishtirilsa F
    2
    da 75% havorang, 25% oq rangli to’tilar rivojlanadi. Bundan ikki xil xulosaga 
    kelish mumkin. 
    1-xulosa. 
    To’tilarda pat rangini ifoda qiluvchi genlar jinsiy 
    xromosomalarda emas, balki autosomalarda joylashgan. 
    2-xulosa. 
    Patning ikki xil rangda bo’lishi bitta genning ikki xil allel 
    holatiga bog’liq. 
    Xuddi shunday natija sariq rangli to’tilarni oq rangli to’tilar bilan 
    chatishtirganda ham olinadi. Yuqoridagi ikki xil chatishtirish tafsiloti quyidagicha 
    yoziladi. 
    belgilarning to’liq irsiylanishiga o’xshash ekanligini tushunish qiyin emas. 
    Shunga asoslanib xoldor to’tilarda pat rangi bir genning ikki xil allel holatiga 
    bog’liq degan taxminni ilgari suramiz va uning qanchalik to’g’ri ekanligini bilish 
    uchun yuqorida ikki xil chatishtirishda qatnashgan to’tilarning genotipini yozib 
    chiqamiz. 
    Bu ikki chatishtirish natijasida sariq patli to’tilarning genotipini aniqlash 
    qiyinchilik tug’diradi. Bundan tashqari agar ikki xil chatishtirishda dominant 
    bo’lgan belgi ya’ni havorang va sariq patli xoldor to’tilarning erkak va urg’ochisini 
    o’zaro chatishtirilsa, F
    1
    avloddagi erkak va urg’ochi to’tilarning pat rangi yashil 


    bo’ladi. yashil patli urg’ochi va erkak to’tilarni o’zaro chatishtirilsa F
    2
    avlodida 
    9/16 yashil, 3/16 havorang patli, 3/16 sariq patli, 1/16 oq patli to’tilar paydo 
    bo’ladi. Bunday natija ilgari qayd qilinganidek, diduragaylarda belgilarning to’liq 
    irsiylanishida fenotip bo’yicha namoyon bo’lgan edi. Lekin unda ota-ona o’zaro 
    ikki belgisi bilan farqlanadi. Vaholanki, xoldor to’tilarda esa ota-ona to’tilar bir 
    belgisi - pat rangi bilan farqlanadilar xolos. Shunga ko’ra pat rangining rivoji ikki 
    xil allel bo’lmagan genga bog’liq degan xulosaga kelamiz. 
    U holda havorang patli to’tilarning genotipi AAbb, sariq patli to’tilar genotipi 
    aaBB, oq patlilarniki aabb va yashil patlilarniki AaBb holatda bo’ladi deb taxmin 
    qilamiz. Taxminimiz qanchalik to’g’ri ekanligini oydinlashtirish maqsadida 
    havorang va sariq patli erkak va urg’ochi to’tilarni chatishtirib, birinchi va ikkinchi 
    avlod duragaylar genotipini va fenotipi aniqlaymiz. (7-rasm)

    Download 1,32 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   106




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar

    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish