• 10.1. Xromosoma morfologiyasi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet60/106
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #255327
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106
    Bog'liq
    BIOLOGIYA

     
    10-Mavzu:
     
    Belgi va xususiyatlar naslga o‘tishining irsiy asosi 
    Tayanch so‘z va iboralar: Xromosoma, sentromera, DNK, RNK, irsiyat, 
    nukleotid, 
    oqsil, 
    genetik 
    kod, 
    replikatsiya, 
    transkripsiya, 
    trapslyasiya, 
    aminokislota, bakteriya, shtamm, Griffits tajribasi, O.Everi tajribasi, xromosom 
    nazariyasi. 
    10.1.
     
    Xromosoma morfologiyasi 
    Xromosomalar hujayrani bo’linishida markaziy o’rinni egallaydi. Yadro 
    tuzilmalari yaxshi bo’yalganligi uchun nemis olimi V.Valdeyr xromosomalar 
    (chromo-rang somo-tana) deb atagan. Xromosomalar hamma vaqt yoritgich 
    mikroskopida ko’rinavermaydi. 
    Xromosomalar tashqi tuzilishini metafaza va anafazaning boshlang’ich 
    davrida yaxshi kuzatish mumkin. 
    Xromosomalar tashqi ko’rinishi, hajmi bilan o’zaro farqlanadilar. Ularning 
    uzunligi 0,2-50 mk, diametri 0,2-5 mk oralig’ida bo’ladi. Xromosomalarning 
    shakli sentromeri joylashishiga ko’ra belgilanadi. Sentromeraning asosiy vazifasi 
    hujayra bo’linayotganda xromosomalar joyini o’zgartirishdan iborat. Sentromera 
    har bir xromosomaning ma’lum yerida joylashgan bo’ladi. 


    Agar sentromera xromosomaning o’rtasida joylashsa, metafazada bu 
    xromosoma V-shaklli bo’lib ko’rinadi. Bunday shakldagi xromosoma metasentrik 
    ya’ni teng yelkali deyiladi. Mobodo sentromera xromosomani bir-biriga teng 
    bo’lmagan ikki qismga ajratib tursa - submetasentrik yoki haddan tashqari noteng 
    yelkali - akrosentrik xromosoma, agar sentromera xromosomaning uchki qismiga 
    yaqin joydan o’rin olsa ular telosentrik xromosomalar deyiladi. Xromosomalar 
    uchidagi tanachalar esa telomeralar deb ataladi. Xromosomada asosiy 
    sentromeradan tashqari ikkilamchi sentromera bo’lishi mumkin. Lekin u 
    xromosoma joyini o’zgartirishda qatnashmaydi. Ko’p hujayralarda uning o’rnida 
    yadrochalar shakllanadi. Ba'zan xromosoma uchlarida uncha katta bo’lmagan 
    tanachalar 

    yo’ldoshlar joylashadi. Bunday xromosomalar yo’ldoshli 
    xromosomalar deyiladi. 
    Sentromeraga yaqin joylashgan xromosoma qismi - proksimal, uzoqlashgan 
    qismi - distal qism deb ataladi. Agar xromosoma bo’linib ketsa va sentromera 
    yo’qolsa, sentromerasiz qism qayta uni tiklay olmaydi va u bora-bora tarkibiy 
    qismlarga ajralib ketadi. Sentromera tarkibida DNK bo’ladi va u xromosomani 
    qayta tiklash qismi hisoblanadi. Har bir xromosoma juft xromatidadan iborat. 
    Xromatidalar juda ko’p ingichka ipchalar - xromonemalardan tashkil topgan. 
    Xromonemalar interfazada spirallashgan holatda bo’ladi. Profazada uning 
    spirallashishi xromosoma bo’ylab tarqaladi. Bu iplarda to’q rangga bo’yaluvchi 
    donachalar ya’ni xromomeralarni ko’rish mumkin. (5-rasm) 



    Download 1,32 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna

    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish