|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevnaBog'liq BIOLOGIYA9.2. Qo‘sh urug‘lanish
Gulning changdonida yetilgan chang donachasining urug‘chi tumshuqchasiga
kelib tushishi
changlanish
deb ataladi. Changlanish jarayoni o‘simliklardagi
urug‘lanishdir, bunda yetilgan erkak va urg‘ochi jinsiy xujayralar va ularning
yadrolari qo‘shiladi. Yopiq urug‘li (gulli) o‘simliklarda bo‘ladigan urug‘lanish
qo‘sh urug‘lanish deyiladi va quyidagicha amalga oshadi. Chang donachasi
urug‘chining tumshuqchasiga kelib tushgach, o‘zining intina (ichki) qobig‘i
hisobiga chang naychasi hosil qiladi va u ekzina qobig‘ining teshiklaridan o‘sib
chiqadi. Chang naychasi urug‘chining ustunchasi bo‘ylab tuguncha tomon o‘sadi
va urug‘ kurtakning mikropile qismiga yetib olib, uning teshigi orqali murtak
xaltachasining ichiga kiradi hamda tuxum apparati bilan to‘qnashadi.
Chang naychasining uchi tuxum apparatining sinergid (yo‘ldosh) hujayralari
bilan to‘qnashib yoriladi, sinergidlar esa parchalanib ketadi. Yorilgan naycha
ichidagi ikkita sperma suyuqliklari bilan birgalikda murtak xaltachasi ichiga
tushadi va ularning biri tuxum xujayra bilan qo‘shiladi. O‘simliklarning
urug‘lanishida tuxum xujayra yadrosining sperma yadrosi bilan qo‘shilishi asosiy
jarayon bo‘lib, urug‘langan tuxum hujayradan zigota hosil bo‘ladi. Zigotadan esa
urug‘ning murtagi rivojlanadi.
Murtak xaltacha ichiga kirgan ikkinchi sperma yadrosining markaziy qo‘sh
yadrolar (hujayralar) bilan qo‘shilishidan esa triploid (xromosomasi uch karra
bo‘lgan) endosperm rivojlanadi. U urug‘ murtagi uchun zarur oziq moddalarni
saqlaydigan vositadir.
Murtak xaltachasining ichidagi boshqa hujayralar endospermga so‘rilib
ketadi. O‘simlik gullaganda bitta spermaning tuxum hujayra bilan, ikkinchi
spermaning markaziy hujayralar (yadrolar) bilan qo‘shilishi
qo‘sh urug‘lanish
deyiladi (4-rasm). Bu hodisani 1898 yilda rus olimi S.G.Navashin kashf etgan.
Urug‘lanish jarayoni organizm turining yashab qolishi uchun zarur shart
bo‘lib, uning natijasida xromosomaning diploid soni tiklanadi, boshlang‘ich avlod
bilan keyingi avlodlar o‘rtasida moddiy ketma-ketlik ta'minlanadi. Bir organizmda
(duragayda) ikki va undan ortiq organizmlarning irsiy belgi va hususiyatlari
mujassamlantiriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna
|