• 7-Mavzu: Organizmlarning ko‘payishi va individual rivojlanishi Tayanch so‘z va iboralar
  • 7.1. Organizmlarning ko‘payishi va xillari
  • Jinssiz ko‘payish.
  • Endogoniya
  • Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/106
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #255327
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106
    Bog'liq
    BIOLOGIYA

    Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar: 
    1. Organizmlarni ilk bor klassifikatsiya kim tomonidan kiligan? 
    2. K.Linneyning sun'iy klassifikatsiyasini mohiyati nimada? 
    3. Klassifikatsiya qilishda organizmlarning qanday xususiyatlaridan foydalanilgan? 
    4. A.L.Taxtadjyan o‘simliklar dunyosini qanday guruhlarga bo‘ladi? 
    7-Mavzu: Organizmlarning ko‘payishi va individual rivojlanishi 
    Tayanch so‘z va iboralar: jinsiy hujayra, individ, konyugatsiya, izogamiya, 
    ontogenez, geterogamiya,
    endogoniya, shizogoniya, kurtaklanish, sporogoniya, 
    vegetativ ko‘payish,
    oogamiya, partenogenez, ginogenez, ondrogenez, gomeostaz. 
    7.1. Organizmlarning ko‘payishi va xillari 
    Barcha tirik mavjudot o‘zlariga xos bo‘lgan hayotni yashaganlaridan so‘ng 
    o‘limga mahkumdirlar. O‘lgan organizmlar o‘rniga yangi organizmlar vujudga 
    keladi. Har bir jonzotga o‘ziga o‘xshagan organizmni yaratish, zurriyot qoldirish 
    xususiyati xosdir. Shu tufayligina mavjudotlar olami saqlanib qoladi. 
    Organizmlarning ko‘payishi evolyusion tarzda takomillashib boruvchi jarayondir. 
    Jonzotlar turli usulda ko‘payadi, ularning barchasini jinssiz va jinsiy ko‘payish 
    xiliga bo‘lish mumkin. 
    Jinssiz ko‘payish.
    Jinssiz ko‘payish eng sodda, evolyusiya jarayonidagi ilk 
    bor ko‘payish usulidir. Bu usul bilan ko‘payishda bitta organizm ishtirok etadi. 
    Shu organizm o‘z avlodlariga barcha xususiyatlarini deyarli o‘zgarmagan holda 
    o‘tkazadi. Jinssiz ko‘payishning bo‘linish, endogoniya, shizogoniya, kurtaklanish, 
    sporogoniya, vegetativ ko‘payish xillari farqlanadi. Ko‘payishning bo‘linish usuli 
    bir hujayrali jonzotlarga xosdir. Bo‘linish usulidagi ko‘payish organizmning mitoz 
    yo‘li bilan ko‘payishidir. Bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan ikki avlod (hujayra) 
    o‘rtasida genetik axborot va ichki tuzilmalar tengma-teng taqsimlanadi. Hosila 


    organizm (hujayra) o‘sadi va qayta bo‘linishga tayyorlanib, so‘ng yangi 
    organizmni yaratadi. 
    Endogoniya -
    bu organizm (hujayra) ning alohida ichki kurtaklanishi bo‘lib, 
    ona hujayrada ikkita qiz organizm hosil bo‘ladi, ya'ni bir ona hujayra ichida, uning 
    umumiy Hujayra qobigi ostida ikki qiz hujayra shakllanadi, shunday qilib ona 
    hujayra faqatgina ikki avlod beradi. Shu yo‘sinda, masalan bir hujayrali parazit - 
    toksoplazmaning ko‘payishi ro‘y beradi (2-rasm). 

    Download 1,32 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar

    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish