klassifikatsiyasi sun'iy klassifikatsiya edi. Sun'iy klassifikatsiya nomoyondalaridan
biri shved olimi K.Linneydir (1707-1778 y.) K.Linney 1735 yilda chop etgan
“Tabiat sistemasi” degan asarida tur to‘g‘risida to‘la to‘kis ma'lumotlar keltirgan,
uning tushunchasicha sistematikada asosiy kichik taksonomik birlik tur bo‘lib, u
bir-biriga o‘xshash organizmlar yig‘indisidan iborat.
Sistematikada ma'lum mikdorda xizmat ko‘rsatgan olimlardan biri fransiyalik
J.B.Lamark hisoblanadi. U hayvonlarni umurtqasizlar va umurtqalilarga bo‘lib,
chuvalchanglar tipini yassi, yumaloq va xalqali chuvalchanglar guruhiga bo‘ldi.
Hayvonlar tiplari to‘g‘risida tushunchani fransuz olimi j. Kyuv'e (1769-1832)
fanga kiritib, hayvonlarning bir nechta tiplarini tasvirlab berdi.
Oila atamasi sistematikaga kiritilgandan so‘ng hayvon va o‘simliklar turlarini
(Species) avlodlarga (Genus), avlodlarni oilalarga (Familio),
oilalarni avlodlarga
(Ordo), avlodlarni sinflarga (S1assis), sinflarni tiplarga (Turos, divisio) va
bo‘limlarni dunyoga (Regnum) bo‘linib o‘rgatila boshlandi. XIX asrda nemis olimi
E. Gekkel' (1834-1919) organik dunyoni 3 ta podsholikka ya'ni, protistlar,
hayvonlar va o‘simliklarga bo‘lib o‘rgatdi. O‘simliklar klassifikatsiyasi borgan sari
takomillashib bormoqda. Hozirgi kunda har bir takson uchun uning kichik yoki
kattalashtirilgan shakllari ishlatilmoqda, chunonchi kenja sinf, kenja tur va hokazo.
Ch. Darvinning evolyusion nazariyasining paydo bo‘lishi
bilan organizmlarning
filogenetik sistemasi shakllana boshladi. Ya'ni organizmlarni klassifikatsiyalashda
ularning qarindoshlik belgilari va kelib chiqishiga asoslangan sistematika paydo
bo‘ldi.