O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/106
Sana27.05.2024
Hajmi1,32 Mb.
#255327
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106
Bog'liq
BIOLOGIYA

5.3. Oqsillar biosintezi 
Oqsillar (proteinlar) aminokislotalardan tashkil topgan yuqori malekulali 
organik moddadir. Ular organizm hayotida muhim rol' o‘ynab ularning tuzilishida, 
taraqqiyotida va modda almashinish jarayonida aktiv rol' o‘ynaydilar. Oqsillar 
tarkibiga 20 ta aminokislotalar kiradi. 
Oqsillar barcha tirik organizmlar - bir hujayrali suv o‘simliklar va 
bakteriyalar, ko‘p hujayrali o‘simliklar va hayvonlar, odam organizmi hujayralari, 
tirik organizm bilan o‘lik tabiat chegarasida turgan viruslarning ham ajralmas 
tarkibiy qismidir. Oqsillarning yagona bir klassifikatsiyasi yo‘q. Oqsillar 
molekulalarining shakliga ko‘ra fibrilyar va globulyar oqsillarga bo‘linadi. 
Bajaradigan vazifasiga ko‘ra strukturali, tezlatuvchi (fermentlar), transport 
(gemoglabin, seruoplazmin) regulyator (ba'zi bir garmonlar)ga bo’linadi. Ximoya 
qiluvchilar antitelilar, toksinlar tarkibiga ko‘ra oddiy va murakkab oqsillarga 


bo‘linadi. Fibrilyar oqsillar suv va tuz eritmalarida erimaydi va uzun ip shaklida 
bo‘lib, soch, teri va jun keratini yoki pay va bog‘lovchi to‘qima kollogen tarkibida 
uchraydi. Globulyar oqsillarning malekulasi dumaloq yoki sferik shaklida bo‘lib, 
ular suv va kuchsiz tuz eritmalarida oson eriydi. Globulyar oqsillar tuxum oqida, 
qon zardobi al'bumida yoki kizil qon tanachalari gemoglabin tarkibida bo‘ladi. 
Organizmda barcha hayotiy jarayonlarni tezlatuvchi biokatalizatorlar - 
fermentlar oqsil moddalardir. Ko‘p garmonlar masalan insulin, gipofiz garmonlari, 
organizmning immunologik xossalarini ta'minlovchi - antitelolar, hayvon toksinlari 
masalan ilon zahari ham oqsil moddalardir. Oqsillar gidrolizlanganda asosan 20 ta 
al'fa - aminokislotaga aylanadi. Ularning umumiy formulasi kuyidagicha: 
Ya-SN-SOON 

NH

Tabiatda 
uchraydigan 
oqsillarning 
cheksiz 
soni 
va 
xillari 
shu 
aminokislotalarning turli nisbatda va tartibda peptid bog‘ - 
S - N 
II I 
O N 
hosil kilib, o‘zaro birikishidan kelib chikadi. Peptid bog‘i ikki aminokislota, biri - 
SOON va ikkinchisi N
2
gruppasi orqali bir molekula suv ajratib birikishidan 
tuziladi. Hosil bo‘lgan birikma - peptid uzun yoki kalta bo‘lishi mumkin. Aksari 
oqsillar tarkibiga kiradigan aminokislota koldiklarining soni 100 dan kam emas. 
Ular oqsil tarkibida qat'iy tartibda birin - ketin joylashib oqsil molekulasining 
polipeptid zanjirini, ya'ni barkaror birlamchi strukturasini tashkil qiladi. Juda ko‘p 
aminokislotalardan tuzilgan uzun polipeptid zanjirning turli kismlari o‘zaro 
bog‘lanishi tufayli oqsil molekulasining yuksak tashkiliy shakllari, ikkilamchi, 
uchlamchi va to‘rtlamchi tizimlari hosil bo‘ladi. 
Oqsillar katta molekulali birikma, ularning molekula og‘irliklari 10000 dan 
bir necha o‘n milliongacha teng. 
Oqsil molekulasida juda ko‘p va xilma-xil kimyoviy aktiv guruhlar mavjud, 
oqsilda ishqor xususiyatli va kislota xususiyatli SOON guruhlar mavjud 


bo‘lganidan ularda kislota va ishkor xususiyatlari bor. Asosan ana shu 
guruhlarning dissotsiatsiyasi natijasida molekulalarning yuzasi musbat (+) va 
manfiy (-) elektr zaryadlariga ega. 
Faqat aminokislotalardan tashkil topgan oqsillar oddiy oqsillar deyiladi. 
Bundan tashqari oddiy oqsillarning oqsil bo‘lmagan boshqa moddalar bilan 
birikishidan hosil bo‘lgan murakkab yoki kon'yugatsiyalangan oqsillar ham 
bo‘ladi. Bular jumlasiga oddiy oqsillarning uglevodlar bilan qo‘shilishidan kelib 
chiqqan - glikoproteidlar, yog‘ kislotalari, xolesterin va fosfolipidlar tutadigan 
lipoproteidlar, tarkibida temir kompleksi - gem tutuvchi gemoglabin va bir qator 
oksidlovchi 
fermentlar 
kabi 
gemproteidlar, 
nuklein 
kislotalar 
tutuvchi 
nukleoproteidlar kiradi. Oqsil tizimining o‘rganilishi ularni (masalan insulin) 
sintez qilish imkonini yaratdi. 
Oqsillar tarkibiga azot, uglerod, vodorod, kislorod, oltingugurt va ba'zan 
fosfor kiradi. 

Download 1,32 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna

Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish