xromatidalar profazada tarqalmay sentromera orqali birikkan holda bo’ladi.
Profazada sentriolalar bo’linib bir-biridan itarila boshlaydi. Profazaning
o’rtasi yoki oxirida yadro qobig’i
va yadrocha parchalanadi, bo’linish urchug’i
shakllanadi. Natijada juft juft xromatidalar sitoplazma va karioplazmaning umumiy
massasida joylashadi. Bu bilan profaza tugallanadi.
Metafaza (meta - keyin)da xromatidalar zichlashib, yo’g’onlashib, hujayra
markazi bo’ylab to’planadi. Xromatidalar sentromerasi ekvator tekisligida, qolgan
qismi ekvator tekislikdan tashqarida joylashadi. Urchuq iplarining zichligi ortib,
ular juft-juft xromatidalarga shunday holatda tutashadiki,
bunda har bir
sentromeraga ikki qutbdan axromatin iplari birikadi.
Anafaza (ana - qayta) bosqichi xromatidalardagi sentromeralar bo’linib, yakka
holatdagi xromatidalar qutblarga tarqaladi. Avval sentromera qismlari so’ngra
xromatidalarni o’zi ham ajrala boshlaydi. Har bir qutbda xromosomalar soni
tenglashadi va ular bo’linishdan oldingi hujayraning xromosoma soniga muvofiq
bo’ladi.
Telofazada (telos - tugal) xromosoma iplarining yoyilishi, ingichkalashishi,
uzayishi kuzatiladi. Xromosomalarning har bir guruhi atrofida yadro qobig’i,
yadrocha shakllana boshlaydi. Sitoplazma bo’linishi tugallanadi va hujayra qobig’i
hosil bo’ladi ya’ni sitokinez amalga oshadi. Hosil bo’lgan
yangi qiz hujayralar
interfaza bosqichiga o’tadi.
Meyoz - Jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan organizmlardagi jinsiy hujayralarning
ko‘payish usuli bo‘lib, hujayra bo‘linishi vaqtida xromosomalar soni kamayadi va
hujayra diploid holatidan gaploid holatiga o‘tadi. Meyoz jarayoni yadrolarning
uzluksiz ikki marotaba bo‘linishi ya'ni birinchi va ikkinchi meyoz bo‘linishidan
iborat. Birinchi meyoz bo‘linishi ikkinchisiga qaraganda ancha uzoqroq davom
etadi. Ikkala meyoz bo‘linishida
ham 4 ta fazani ko‘rish mumkin. Ikkinchi bo‘linishda sitokinezda 4 ta gaploidli
(tetrada) qiz hujayra hosil bo‘ladi.
Yadro po‘sti yo‘qolib ketadi va yadro o‘zining qiyofasini o‘zgartiradi.
Bunda
ingichka xromatin (bo‘yoq bilan bo‘yaladigan) iplar uzun-uzun holda joylashadi.
So‘ngra xromatin iplar xromasomalarga aylanadi, yo‘g‘onlashadi va qayrilgan
shaklni oladi. Yadro ichidagi yadrochalar asta sekin yo‘q bo‘lib ketadi, shu paytda
hujayra qutiblaridan yadroga tomon juda ingichka axromatin (bo‘yoq bilan
bo‘yalmaydigan) iplar tortiladi, bu iplar ikkita qolpoqcha shakliga kiradi. Bu yadro
bo‘linishidagi dastlabki-profaza deb ataladi. Uzunasiga bo‘linib hosil bo‘lgan
xromosomalar hujayraning o‘rta (ekvatorial) qismiga yadro plastinkasi yoki
yulduzchasi shaklida joylashib oladi. Axromatin iplari
qutblarga qarab tortilib
urchuq shaklini oladi, yadro bo‘linishdagi bu fazani -metafaza deyiladi. So‘ngra
xromosomalarning ajralish jarayoni boshlanadi. Bunda xromosomaning bir qismi
hujayraning bir qutbiga, ikkinchisi qarama-qarshi tomondagi qutbga o‘tadi.
Xromosomalarning bu xildagi ajralishida undagi axromatin iplari muhim rol
o‘ynaydi. Yadro bo‘linishidagi bu fazani anafaza deyiladi.
Anafaza jarayoni
oxirida urchuqning o‘rta qismida yangi hujayra po‘sti paydo bo‘la boshlaydi.
Hujayra qutublariga to‘plangan xromosomalar dastlab qo‘shaloq yulduzga o‘xshab
turadi, so‘ngra asta sekin ikkita yangi hujayraga aylanadi, bularda yadrochalar ham
paydo bo‘ladi. Yadro paydo bo‘lishining bu fazasini telofaza deyiladi.